Yangi kitoblar

 

Mazkur darslik bakalavriatura va magistratura talabalariga hozirgi zamon ingliz tili morfologiyasi va sintaksisining eng muhim masalalarini etakchi tamoyillar va metodlarni qo‘llash yo‘li bilan tahlil qilishga, o‘rgatishga bag`ishlangan. Alohida e’tibor grammatik hodisalarni eng so‘nggi metodlaridan foydalanilgan holda tasvirlash masalasiga qaratilgan. Darslik OTMlar ingliz filologiyasi yo‘nalishi, bakalavriatura, magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.

The present textbook is aimed at analyzing the English morphology and syntax using the leading principles and methods of present day linguistics. A special attention is paid to the systemic description of grammatical structures and phenomena applying the latest methods of investigation. The course book is recommended for the Bachelor`s and Master`s Degree students of the Universities which train English language teachers.

2020-01-28 17:25:39 | ko'rishlar soni: 2279 | Yuklab olindi: 1076-marta

“Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv fani bo'yicha ta'lim texnologiyasi ma'ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg'ulotlari asosida ishlab chiqilgan.

 Mazkur qo’llanma kirish, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari,  ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarda o'qitish texnologiyalaridan tarkib topgan.

Ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari bo'limida “Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv kursini o'qitishning dolzarbligiga asoslangan, mazkur kursning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo'yicha o'qitishning mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga, o'qitish, kommunikatsiya, axborot va ta'lim jarayonini boshqarish usullari va vositalarining konseptual asoslari yoritilgan.

2019-12-23 12:39:25 | ko'rishlar soni: 2162 | Yuklab olindi: 829-marta

Eshqobil Vali. Shohona bog`. Yevropa nasriy adabiyoti antologiyasi

Mazkur kitobda yaratilish o‘rniga ko‘ra ilg‘or Yevropa madaniy-adabiy xaritasining turli meridianlarida ma’lum va mashhur bo‘lgan adiblar asarlari tarjimalari jamlangan. Ularni vatanparvarlik, urush va tinchlik, muhabbat va xiyonat, inson yolg‘izligi, tabiat, ijod ruhiyati kabi umumbashariy mavzu va g‘oyalardan tashqari, tarjimon shaxsi va mahorati ham birlashtiradi.

Asarlar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2019-12-06 11:14:30 | ko'rishlar soni: 859 | Yuklab olindi: 367-marta

Hozirgi zamon sivilizatsiyasining shakllanish jarayoniga Buyuk geografik kashfiyotlar katta turtki bo‘ldi. Natijada dunyoviy fan va madaniyat rivojlandi, insonning sha’ni, qadr-qimmati tushunchalari keng omma orasida qaror topdi, shaxsning tashabbuskorligi va tadbirkorligi singari xususiyatlariga keng yo`l ochildi, kishilarning dunyoqarashi va hayotida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davr jahon sivilizatsiyasining tezkor taraqqiyot davri bo‘lib, keyinchalik industrial sivilizatsiya nomini oldi.

O‘quv qo‘llanmada jahon tarixining yangi davrini hozirgi zamon sivilizatsiyasining shakllanish tarixi sifatida yoritishga harakat qilingan.

2019-08-01 10:31:13 | ko'rishlar soni: 1427 | Yuklab olindi: 568-marta

O‘quv-uslubiy qo‘llanma magistratura yo‘nalishi namunaviy o‘quv dasturiga asosan yaratilib, unda 20 soatlik ma’ruza va 20 soatlik amaliy mashg‘ulotlarda matn orqali insonning nutq faoliyatini, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, ularning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanishining usul va vositalari, ularning nutq aktidagi o‘rni, kommunikativ-pragmatik ta’siri, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarning lisoniy belgilarda ifodalanishini atroflicha o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uslubiy qo‘llanma filologiya yo‘nalishi birinchi bosqich magistratura yo‘nalishi talabalari va matn tahlilini o‘rganuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2019-06-21 14:55:54 | ko'rishlar soni: 1654 | Yuklab olindi: 573-marta

Mazkur o'quv qo'llanma umumiy psixologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlarining psixologiya dasturida ko'zda tutilgan talablarga moslab tuzilgan.

Kitobda jahon psixologiyasida qo'lga kiritilgan so'nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorijiy psixolog olimlaming qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga implementatsiya qilingan holda keng foydalanildi.

O'quv qo'llanmada psixologiyaga kirish, shaxs to'g'risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, bilish jarayonlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o'rganilishi masalalari o'z ifodasini topgan.

2019-04-24 15:31:22 | ko'rishlar soni: 4257 | Yuklab olindi: 2360-marta

Adabiyotshunoslikka doir mavjud darslik, qo'llanma, lug'atlarga tayanib tayyorlangan mazkur darslikda so'z san'atining o'ziga xos xususiyatlari, badiiy asar va uning tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlar, badiiy asar tili, ijodiy uslublar va ijodkor uslubi, adabiy jarayon to'g'risida mulohaza yuritilgan.
Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari bakalavriat va magistrarura bosqichi talabalariga mo'ljallangan.

 

2019-03-12 10:52:26 | ko'rishlar soni: 2142 | Yuklab olindi: 1011-marta

Pirimqul Qodirov was born on October 25 in 1928 in Kengul village in Tajikistan. His first book was "Students" and it was published when he was a student. After the university he was busy with improving his knowledge on literature.

His first novel is "Three horses" which is about new generation of young educated people who want to improve the light activity in life. Besides, he wrote novels "Black eyes", "Diamond belt", stories "My treasure", "Freedom", "Heritage".

2019-03-05 13:20:10 | ko'rishlar soni: 1561 | Yuklab olindi: 667-marta

Учебное пособие «Арабский язык» состоит из 42 уроков, включающих в себя более 200 различного вида упражнений, 10 текстов и диалогов по разнообразным темам, охватывающим активную лексику современного разговорного языка.

Целью настоящего пособия является ознакомление с основными требованиями нормативной грамматики арабского языка и развитие практического овладения разговорными языками Машрика.

Данное учебное пособие предназначено для студентов бакалавриата высших учебных заведений 1-2 курсов, изучающих арабский язык как в качестве основного, так и дополнительного восточного языка; для учащихся школ и лицеев, специализирующихся в обучении арабскому языку, а также для всех желающих изучать арабский язык самостоятельно.

2019-02-05 12:01:49 | ko'rishlar soni: 1163 | Yuklab olindi: 438-marta

Ushbu darslik urdu tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Darslikda kirish, asosiy qism, glossariy va lug'at o'rin olgan. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Grammatik mavzu mashqlar yordamida mustahkamlanadi.

Darslikning fonetika bobi katta o'qituvchi M.Murtazaxodjayeva, morfologiya va sintaksis bobi o'qituvchi U.Zokirova (13-15-darslar), o'qituvchi M.Shorahmedova (16-23-darslar), dots. M.Abduraxmonova (24-32-darslar) tomonidan tayyorlandi.

2019-02-05 10:52:22 | ko'rishlar soni: 1431 | Yuklab olindi: 690-marta