Kitob javoni

 

O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Boshlang‘ich sinflarda chet til o‘qitish metodikasi fani o‘qitish jarayonida talimning an’anaviy va interfaol o‘qitish usullardan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlar og‘zaki va yozma shaklda tashkil etilishi ko‘zda tutiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, xususan ko‘rgazmali slaydlarni kompyuter orqali namoyish etish, elektron materiallarni proektor orqali tasvirga chiqarish vositalaridan foydalaniladi. Fanning  amaliy mashg‘ulotlarida talimning innovatsion, interfaol metodlari, jumladan ekspress-so‘rovlar, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, kichik guruhlarda ishlash, menyu, debat kabi  metodlarini qo‘llash nazarda tutiladi.

2020-02-10 20:19:00 | ko'rishlar soni: 8673 | Yuklab olindi: 2223-marta

Til aspektlari amaliyoti fani talabalarning til modellari va strukturalari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi va ularga muloqot jarayonida grammatik va leksik formalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. Shuningdek, o‘rganilayotgan chet tilidagi matnlarni tahlil qilish yo‘llari va usullarini, matnlarni tahlil qilish borasidagi turli nuqtai nazarlarni va matn tahlilida e’tiborga olinishi lozim jihatlarni batafsil o‘rgatishni nazarda tutadi. Ushbu fan “Kommunikativ grammatika”, “Kommunikativ leksika” va “Diskurs tahlili” modullarini o‘z ichiga oladi.

Til aspektlari amaliyoti fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-4 semestrlar davomida o‘qitilishi maqsadga muvofiq. O‘quv rejaning xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, til ko‘nikmalari integratsiyasi, metodika, mamlakatshunoslikka oid kurslari va o‘rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari - umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, nazariy fonetika, qiyosiy tipologiya, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan modullari bo‘yicha o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.

2020-02-10 18:22:46 | ko'rishlar soni: 5870 | Yuklab olindi: 1587-marta

Введение в японскую филологию (японский язык). 2-курс

Учебно-методический комплекс по дисциплени. 

Направление образования: 5120100-Филология и обучение языкам (японский язык)

2019-08-03 14:51:33 | ko'rishlar soni: 1427 | Yuklab olindi: 793-marta

Ushbu o`quv-uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan

2019-04-25 14:37:14 | ko'rishlar soni: 1453 | Yuklab olindi: 631-marta

Fanning maqsadi - talabalarda ochiq axborot tizimida axborot oqimini qabul qilishda samarali psixologik himoyalashi (o‘z-o‘zini himoyalashda) uchun mahorat va bilimni (nazariy, uslubiy) shakllantirishdir. OTMning gumanitar fakultetlarida (psixologiya, sotsiologiya, falsafa, jurnalistika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) mazkur kursni chuqur o‘rganish kelajakda shaxsni, olgan bilimlarni foydalanib jamiyatni va davlatni ma’lum soha yo‘nalishida axborot-psixologik himoyalashga, shuningdek, ushbu sohadagi bilimlarni yuqori darajada ilmiy-uslubiy tadqiq qilishga qodir mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltiriladi.

2019-03-12 10:12:34 | ko'rishlar soni: 4234 | Yuklab olindi: 2846-marta

 Samarqand davlat chet tillar instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi tomonidan  «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua.

Ushbu o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.

2019-01-28 15:59:41 | ko'rishlar soni: 1656 | Yuklab olindi: 814-marta

  Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kursida mustaqil taraqqiyot yillarida to‘plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi tomonidan «o‘zbek modeli» deb atalgan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos taraqqiyot yo‘lining mazmun-mohiyati yanada chuqurroq ochib berilgan. Mazkur fan, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini kengroq anglash imkonini beradi. Fan milliy mafkuraning mohiyati, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asosiy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini aks ettiradi.

Mazkur kurcni o‘qitishning asosiy maqsadi chet tillari-bakalavrlarni milliy mafkuraga oid bilimlar bilan qurollantirish, hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni hosil qilishdir. Shuningdek, ularni jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni tahlil qilishga va bu sohadagi muammolarni ilmiy hal etishga tayyorlashdan iboratdir.

G‘oya, mafkura va Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarning mazmun-mohiyatiga aloqador bo‘lgan nazariyalar, yo‘nalishlarni bilishi va undan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i zarur.

2018-11-13 10:42:32 | ko'rishlar soni: 6544 | Yuklab olindi: 3983-marta

Ushbu o‘quv-uslubiy majmuada  hozirgi davrda umumiy pedagogika fanini o‘qitish bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirish, ularda yangicha tafakkurni tarkib toptirish, ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari haqida bilimga ega bo‘lish, pedagogik dunyoqarashni, o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatni shakllantirish, pedagogik faoliyat jarayoniga ilmiy, nazariy, metodik jihatdan umumiy tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar batafsil yoritilgan

2018-11-10 09:32:37 | ko'rishlar soni: 9254 | Yuklab olindi: 3407-marta

   Ushbu o’quv-uslubiy majmuada nemis tili asosiy chet tili fani bo’yicha 1 kurs bakalavr yo’nalishi talabalarining nemis tili asosiy chet tili fani bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirish maqsadida ushbu fan mashg’ulotlari sifatini oshirish, darslarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida olib borish, eng yangi o’quv adabiyotlari asosida interaktiv metodlardan foydalanish usullari va vositalari, talabalar bilim, malaka va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish borasida qo’llaniladigan vositalar, uslub va usullar va ulardan foydalanish tizimi o’rin olgan. Majmuadan oliy o’quv yurtlari talabalari, shu soha bo’yicha mutaxassis o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va nemis tili grammatikasi va uni o’qitish metodlariga qiziqadiganlar foydalanishi mumkin.

2016-08-06 10:06:04 | ko'rishlar soni: 5143 | Yuklab olindi: 3472-marta

   Mamlakatimiz tarixida yangi davr - mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo'lida dastlabki sinovlardan o'tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.

   Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog'liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g'oyani, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog'lom fikrni uyg'otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g'oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma'naviyatli komil inson bo'lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo'lida "O‘zbekiston tarixi" fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi xam ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.

2016-08-05 16:58:12 | ko'rishlar soni: 33610 | Yuklab olindi: 31179-marta