Kutubxona hayoti

  Samarqand davlat chet tillar instituti axborot-resurs markazi va uning tarmoqlari faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to’g’risida”gi 381-qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Xususan, joriy yilda institut ARMning barcha ishlari yillik reja asosida olib borildi va foydalanuvchilarda yangicha dunyoqarashni shakllantirishga, talaba yoshlarning komil inson bo’lib yetishishiga, ularning umummadaniy va bilim darajasini ko’tarishga, kasbga va ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1487-sonli qarori ayni muddao va istiqboldagi faoliyatimiz uchun dasturi amal bo’ldi. 
Prezident qarorida axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, ularning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, respublikada yagona axborot-kutubxona tarmog’ini yaratish, elektron axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning 2011-2015 yillarga mo’ljallangan dasturi va bu davrda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlarning bosqichma-bosqich, aniq ko’lamlari belgilab berildi.

              
Shu o’rinda vazirligimizning katta amaliy yordamini alohida bir mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tish joiz: Institutimiz axborot-resurs markazi respublika oliygohlari ichida birinchilar qatorida kutubxonachilik ishini to’liq avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi ARMAT (Axborot-resurs markazi avtomatlashgan tizimi) dasturiga ega bo’ldi. Bu esa  kitobxonlarga qulay va tezkor xizmat ko’rsatishga hamda axborot-resurs markazining elektron katalogini shakllantirishga yordam beradi. ARMAT dasturida har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron kabineti yaratilib, bu yerda kitoblar uchun buyurtma berish, kitoblarni olish va qaytarib topshirish, kerakli ma’lumotlarni qidirish va ARM xodimlariga maxsus buyurtma qoldirilishi mumkin. ARMAT dasturi orqali foydalanuvchilar “Internet-ZiyoNet” tarmog’iga ulangan istalgan kompyuterdan foydalanib o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni masofadan turib olishlari mumkin.

ARM faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakli bo’lgan axborot texnologiyalari, axborot-kommunikasiya vositalari bilan ishlash ko’nikmasi va malakasiga ega bo’lgan, multimedia vositalari yordamida axborotlarni shakllantirish tajribasiga ega xodimlar faoliyat olib bormoqda. Bo’limda foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlari asosida axborot resurslariga qayta ishlov berilib, turli tarmoqlar yordamida shakllantiriladi. 
“Kitoblarni qabul qilish, butlash va kataloglashtirish bo’limi” markaz fondiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan adabiyotlar hamda hujjatlarning umumiy jamlama va yakka tartibdagi hisobini yuritish, mavjud bo’linmalar jami fondining aniq hisobini amalga oshirishni ta’minlaydi. Bo’limda axborotlarni ma’lumotlar bazasida saqlanishning, fondni kutubxona so’rovi asosida ta’minlash va Respublikadagi boshqa viloyat hamda oliy o’quv yurtlaridagi ARM, AKMlar bilan muvofiqlashtirilgan holda keng aholi ommasi va talaba-yoshlarning kitobxonlik so’roviga ko’ra xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. 
Hozirgi paytda talabalar turar joyida, ingliz filologiyasi, roman-german filologiyasi fakultetlarida ARMning tarmoqlari tashkil etilib, ular sohaga doir ilmiy, badiiy va o’quv adabiyotlari, ma’lumot-bibliografik materiallar bilan ta’minlangan.
Institut ARMda gazeta va jurnallarning oxirgi besh yillikdagi nashrlari to’liq saqlanmoqda. ARM ish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.

ARM ning 2 ta tarmog’i mavjud:

  • Samarqand  sh., Buyuk Ipak yo’li, 65-uyda joylashgan 1-tarmoq;

ARM tarmoqlari o’zi joylashgan hudud aholisiga, maktabgacha ta’lim muassasalariga, maktab o’quvchilari hamda o’qituvchilariga, lisey-kollejlar hamda oliy o’quv yurtlari, shu jumladan institut talabalariga xizmat ko’rsatmoqda.

18.12.2021 | ko'rishlar soni: 15966