Hurmatli proffessor-o’qituvchilar va talabalar!
Axborot-resurs markazi Samarqand shahar Gagarin ko’chasi 43-manzilda joylashgan yangi 7 qavatli binoning 3-qavatida o‘quv zali, ilmiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun kompyuter hamda o‘quv xonasi, shu binoning mansardida ikkita o‘quv zali, elektron o‘quv zali, abonement bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Shu munosabat bilan 1-kurs talabalarini ARMga a’zo qilish, yuqori kurs talabalari uchun kitoblarni olish va qaytarish hamda kitobxonlarga xizmat ko’rsatish yangi binoning 3 va 8-qavatida amalga oshirilyapti.

 

2024-10-04 10:21:20 | ko'rishlar soni: 125

Ingliz tili II fakultetida joylashgan Amerika resurslari markazi deb nomlangan o'quv zalida O'tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari muhokamasi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida asar qahramonlari, ularni asar davomida yoritib berilgan obrazlarini ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida keng so'z olib borildi. Talabalar o'rtasida  qizg'in savol-javollar bilan asar qahramonlarining bugungi kundagi o'rnak bo'ladigan xislatlarini ochib berildi. Tadbir Ingliz tili II fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Nurmuratov, tyutorlar va fakultet talabalari qatnashdi.

2023-11-11 11:08:49 | ko'rishlar soni: 1276

Zulfiya Isroilova (1915-1996) - Oʻzbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar“, Javaharlar Neru nomidagi Davlat mukofotlari sohibasi.

Bahor keldi seni so’roqlab…
Bahor keldi seni so’roqlab…
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
              ****
Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.

2023-03-01 08:31:13 | ko'rishlar soni: 1001

Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning vaqtini mazmunli o’tkazish borasida Yurtboshimiz tomonidan samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tadbirlar qilinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 26-apreldagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovi tashkil etilmoqda.

2022-10-22 16:26:14 | ko'rishlar soni: 1898