Musoyeva A.B. Lingua-didactic research methods. O‘quv qo‘llanma. – Samarkand: “Samarqand davlat chet tillar instituti”, 2025. – 196 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika ta’lim sohasining 70110901 –Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan magistrantlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ikkinchi kursda o‘qitiladigan “Lingvodidaktik tadqiqot metodlari” fanining mavzularini qamrab oladi.
Учебное пособие предназначено для магистрантов, обучающихся по направлению педагогическое образование 70110901 - Иностранный язык и литература (английский) и охватывает темы дисциплины «Лингводидактические методы исследования», преподаваемой на втором курсе.
The textbook is intended for master's students studying in the field of pedagogical education 70110901 - Foreign language and literature (English) and covers the topics of the discipline “Lingua-didactic research methods” taught in the second year.
Boltakulova G.F., Nasimova M.X. ENGLISH-UZBEK VISUAL DICTIONARY OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING METHODOLOGICAL TERMS. (Task-based language teaching) // CHET TILINI O‘QITISH METODIK TERMINLARINING INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA IZOHLI-RASMLI LUG‘ATI (Vazifalarga asoslangan til o'qitish)
This dictionary is a glossary of explanations and pictures of existing terms and phrases on the foreign language teaching methodology in task-based language teaching. This dictionary is intended for current and future foreign language teachers working in secondary and higher education, as well as for specialists conducting research in the field of methodology. A peculiar aspect of dictionary is that some terms are given with transcription and QR codes that explains that term.
Musoyeva A.B. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR talablari asosida shakllantirish va takomillashtirish (ingliz tili misolida). Monografiya. – Samarqand: “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2024. – 138 b.
Mazkur monografiya muallifning 13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan va himoya qilgan dissertatsiyasiga asosan yozilgan bo‘lib, asosan bo‘lаjаk chet tili o‘qituvchilаrining kаsbiy mаhorаtini CEFR talablari asosida shаkllаntirish vа takomillashtirishga qaratilgan. Ilmiy-amaliy ahamiyati mavjud, respublikaning 3 ta alohida hududidagi OTMlarida (O‘zDJTU, BuxDU, SamDCHTI) tajriba-sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, natijalari amaliyotga joriy etilgan. Bundan tashqari har bir bob bo‘yicha berilgan materiallar ingliz tili o‘qitish metodikasining eng so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda shakllantirilganligi uning ilmiyuslubiy rang-barangligini taʼminlab, tadqiqotchilar va oʼqituvchilar uchun kerakli manbaa bo‘lishi mumkin.
Nasimova M.X., Toshmuhammedova G.Z. Oral and Written Speech Practice.
Oral and Written Speech Practice — oliy ta’lim muassasalarining 1–2-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan metodik o‘quv qo‘llanmadir. Mazkur o'quv qo‘llanma Vazifaga asoslangan til o‘qitish (Task-Based Language Teaching — TBLT) hamda Design Thinking tamoyillariga asoslangan bo‘lib, ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy, amaliy yo‘naltirilgan yondashuvni taqdim etadi. Ushbu o'quv qo'llanma 18 ta puxta ishlab chiqilgan dars rejalarini o‘z ichiga oladi va ular funksional til birliklari, tasvirlash ko‘nikmalari, kommunikativ strategiyalar, grammatika hamda madaniy mavzularni qamrab oladi. Mazmun talabalar til kompetensiyasi bilan bir qatorda kasbiy pedagogik ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladigan tarzda tizimlashtirilgan.
Musoyeva A. B. Improving the professional skills of future specialists through research competence. Monografiya. – Samarqand: “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2025. – 138 b.
Ushbu monografiyada bugungi kunda chet tilini o‘rganish va undan unumli foydalanish juda muhim ahamiyatga ega ekanligi, ilmiy tadqiqotlar qilishda uning o‘rni beqiyosligi, tadqiqot kompetensiyasining mazmun-mohiyati, bo‘lajak mutaxassislarning tadqiqot kompetensiyasini takomillashtirishda ilmiy tadqiqot jarayoni, turlari va metodlarining o‘rni, tadqiqotning ma’lumot to‘plash va tahlil qilish vositalaridan foydalanish, o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘quv dasturlar va adabiyotlar tahlili, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasiga qo‘yilgan talablar: pre-service va in-service dasturlarida tadqiqot kompetensiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq g‘oyalar nazariy va ilmiy jihatdan yoritilgan.
Absalamova G.Sh. Ingliz va fransuz tillaridagi lingvo-adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‘ati: Izohli lug‘at. – Samarqand, 2025. – B.96.
Mazkur izohli lug‘atga hozirgi davrda eng ko‘p qo‘llanilayotgan lingvistik va adabiyotshunoslikka oid terminlar hamda tushunchalar kiritilgan. Asar keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ayniqsa ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalari mutaxassislari, shuningdek, talaba va o‘quvchilar uchun muhim ilmiy-amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi.
Absalamova G.Sh. Mishel Monten ijodida “oila tarbiyasi fazilatlari” leksikasining semantik maydoni: Monografiya. – Samarqand, 2025. – B.123.
Mazkur monografiya fransuz yozuvchisi M.Montenning “Les Essais” asarida oila va tarbiya bilan bog‘liq leksemalarning lingvosemantik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etadi. Ushbu asarda “oila tarbiyasi fazilatlari” konseptining fransuz tilining milliy-lisoniy va madaniy jihatlari bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Shuningdek, monografiya Monten merosining yangi qirralarini yoritishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.
Absalamova G.Sh. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda milliy-madaniy tahlili (ingliz va fransuz tillari misolida): Monografiya. – Samarqand, 2025. – B.246.
Mazkur monografiya ingliz va fransuz tillaridagi tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda milliymadaniy tahliliga bag‘ishlangan. Asarda terminlarning struktursemantik xususiyatlari, tarixiy-etimologik ildizlari va lingvokulturologik jihatlari izchil yoritilgan. Monografiya nafaqat nazariy asos, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy ahamiyatga ham egadir.
Rustamov A.A., Xaydarov E., Davirov N. Writing for Freshmen: Methodological Manual. Samarqand: SamDChTI, 2025. 68 b.
“Writing for freshmen” aims to equip instructors with effective strategies for fostering writing skills in students of higher education. Recognizing the unique challenges faced by students transitioning to a new academic environment, this guide focuses on developing essential writing skills for success in university coursework. The guide emphasizes the importance of creating a supportive and collaborative learning environment, incorporating a variety of pedagogical techniques, and tailoring instruction to individual learning styles.
The manual introduces the concepts of corpus linguistics, makes it possible to master the basics of corpus technologies, acquire skills in working with corpora, determine the place of the discipline and the corpus itself in a number of information technologies.
Designed for students, undergraduates and graduate students of philological specialties.