“Stylistics of English Language” nomli o‘quv qo‘llanma ingliz filologiyasi yo‘nalishi talabalari, tarjimonlar, pedagoglar hamda ingliz tilining ifodaviy imkoniyatlari va uslubiy boyligiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanmada stilistikaning nazariy asoslari talabalarning tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda turli tipdagi matnlarda uchraydigan lingvistik va badiiy vositalarni talqin qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashqlar bilan uyg‘unlashtirilgan.
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida ushbu o‘quv qo‘llanma talabalar orasida badiiy ijodga va tilning estetik funksiyalariga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga xizmat qiladi. Unda stilistik xususiyatlarning haqiqiy kommunikativ vaziyatlar hamda badiiy asarlarda qanday namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan.
“Umumiy psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi talabalarda psixologiya faniga oid bilimlarni egallashda ilmiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali qo'llanma bo‘lib xizmat qiladi.. Insonlardagi bilish jarayoni, individual xususiyatlar, shaxsning ichki regulyatsiyasi kabi bilimlarni o‘rganishda asosiy qo‘llanma sifatida bilimga ega bo‘lishadi. 60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, xitoy, koreys, yapon, turk) tillari mutaxassisligi talabalari inson psixologiyasiga doir bilimlarni o‘zlashtirishda foydalanishlari mumkin.
“Matnning lingvodidaktik tadqiqotlar metodlari: - Mazkur darslik lingvodidaktika fanining nazariy va amaliy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda til ta’limi jarayonini ilmiy tadqiq etishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar tizimli ravishda bayon etilgan. Darslikda lingvodidaktik tadqiqot metodlarining mohiyati, tasnifi, qo‘llanish xususiyatlari hamda ularning ta’lim samaradorligini aniqlashdagi ahamiyati keng tahlil qilingan. Shuningdek, kuzatish, suhbat, anketa, test, pedagogik eksperiment, diagnostik baholash, statistik tahlil, kontent-tahlil va korpus tadqiqotlari kabi metodlarning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llash mexanizmlari yoritilgan. Til o‘qitish metodikasida ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, tashkil etish, natijalarni qayta ishlash va talqin qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu darslikda ingliz tilini o‘qitish metodikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimli ravishda yoritilgan. Unda til o‘rgatishning an’anaviy va innovatsion metodlari, jumladan Audiolingual metod, Suggestopediya, Silent Way, Total Physical Response (TPR) hamda kommunikativ yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi.
Darslikda til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) rivojlantirish texnologiyalari, grammatika o‘qitishning samarali usullari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari hamda interaktiv va raqamli vositalardan foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, baholashning turlari, shakllari va usullari, formativ va summativ baholash tamoyillari hamda samarali feedback berish mexanizmlari ilmiy asosda bayon etilgan.
Mazkur darslik bo‘lajak filologlar, ingliz tili o‘qituvchilari va pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
The textbook ”Teaching Methodologies for Specialized Academic Subjects “has been developed in accordance with the current curriculum and modern educational requirements for master's students, university instructors, and professionals engaged in pedagogical activities. Its primary objective is to enhance master's students' professional pedagogical and methodological competencies in teaching specialized academic subjects and to familiarize them with innovative approaches to organizing the educational process effectively. The textbook comprehensively covers contemporary methods and technologies for planning and conducting theoretical and practical classes, analyzing instructional and methodological materials related to specialized subjects, and designing and implementing effective teaching strategies. his textbook is intended for master's students enrolled in the 70110901 – Foreign Language and Literature (English) specialization.
Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Ilmiy ish asoslari” fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Unda ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy bilish usullari, ilmiy ishlarni rejalashtirish, yozish va rasmiylashtirish qoidalari tizimli yoritilgan. Darslik talabalarda ilmiy tafakkur, tadqiqotchilik ko‘nikmalari, akademik yozuv madaniyati va mustaqil ilmiy izlanish olib borish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Nashr talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar uchun foydali o‘quv manbasi hisoblanadi.
В этом учебнике впервые системно рассматриваются основные проблемы русской лексикологии и лексикографии в сфере развивающего обучения филологов. Акцентируется внимание на методике развития интеллектуально-критической рефлексии магистерской аудитории в области современной филологии. Для магистров учреждений высшего образования по специальности «Лингвистика (русский язык)».
Oral and Written Speech Practice – oliy ta’lim muassasalarining 1–2-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan metodik o‘quv qo‘llanmadir. Mazkur o'quv qo‘llanma Vazifaga asoslangan til o‘qitish (Task-Based Language Teaching – TBLT) hamda Design Thinking tamoyillariga asoslangan bo‘lib, ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy, amaliy yo‘naltirilgan yondashuvni taqdim etadi. Ushbu o'quv qo'llanma 18 ta puxta ishlab chiqilgan dars rejalarini o‘z ichiga oladi va ular funksional til birliklari, tasvirlash ko‘nikmalari, kommunikativ strategiyalar, grammatika hamda madaniy mavzularni qamrab oladi. Mazmun talabalar til kompetensiyasi bilan bir qatorda kasbiy pedagogik ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladigan tarzda tizimlashtirilgan.
“Mamlakatshunoslik” darsligi talabalarda ingliz tili o‘qitilayotgan mamlakatlarning geografik joylashuvi, tarixi, davlat tuzumi, siyosiy tizimi, iqtisodiyoti, madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va ijtimoiy hayoti haqidagi nazariy bilimlarni shakllantirish hamda ularni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Darslik xalqaro ta’lim standartlari asosida talabalarning mamlakatshunoslikka oid bilimlarini chuqurlashtirish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish va ingliz tilida muloqot qilish jarayonida mamlakatning lingvomadaniy xususiyatlarini to‘g‘ri anglashga xizmat qiladi. 60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan mazkur darslik orqali Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa ingliz tili keng qo‘llaniladigan mamlakatlarning tarixiy rivojlanishi, siyosiy va ijtimoiy tizimi, madaniy merosi hamda zamonaviy taraqqiyot jarayonlarini tahlil qilish, qiyosiy baholash va ulardan kasbiy faoliyatda samarali foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.
Mazkur darslik 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun tuzilgan. Unda stilistika fanining maqsad va vazifalari, nazariy va metodologik asoslari, ingliz tili stilistikasining tarixiy taraqqiyoti, funksional uslublar, stilistik vositalar va tasviriy ifoda usullari, leksik, fonetik, morfologik va sintaktik stilistik birliklar, matn stilistikasi, badiiy asarlarning stilistik tahlili, zamonaviy stilistik tadqiqot yo‘nalishlari hamda ingliz tili stilistikasini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Darslik talabalarda ingliz tili stilistikasiga oid nazariy bilimlarni shakllantirish, badiiy va publitsistik matnlarni stilistik jihatdan tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.