Muallif: Abduraxmonova M. va boshqalar
Chop etilgan yil: 2018
Nashriyot: Fan va texnologiya
Chop etilgan shahar: Toshkent
Ushbu darslik urdu tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Darslikda kirish, asosiy qism, glossariy va lug'at o'rin olgan. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Grammatik mavzu mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Darslikning fonetika bobi katta o'qituvchi M.Murtazaxodjayeva, morfologiya va sintaksis bobi o'qituvchi U.Zokirova (13-15-darslar), o'qituvchi M.Shorahmedova (16-23-darslar), dots. M.Abduraxmonova (24-32-darslar) tomonidan tayyorlandi.
Urdu – hind-yevropa tillari oilasining hind-oriy tillari guruhiga mansub til bo'lib, Pokistonning rasmiy va Hindistonning Konstitutsiyada tan olingan o'n beshta asosiy adabiy tillardan biri. Pokistonda, asosan, yirik shaharlar sanalmish Karachi, Ravalpindi, Laho`r, Islomobod va boshqa shaharlarda, Hindistonda esa Uttar Pradesh, Bihar, Maharashtr, Andhra Pradesh kabi shtatlaridagi musulmon aholi urdu tilida gaplashadi.