Badiiy nashrlar

 

Eshqobil Vali. Shohona bog`. Yevropa nasriy adabiyoti antologiyasi

Mazkur kitobda yaratilish o‘rniga ko‘ra ilg‘or Yevropa madaniy-adabiy xaritasining turli meridianlarida ma’lum va mashhur bo‘lgan adiblar asarlari tarjimalari jamlangan. Ularni vatanparvarlik, urush va tinchlik, muhabbat va xiyonat, inson yolg‘izligi, tabiat, ijod ruhiyati kabi umumbashariy mavzu va g‘oyalardan tashqari, tarjimon shaxsi va mahorati ham birlashtiradi.

Asarlar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2019-12-06 11:19:13 | ko'rishlar soni: 1627 | Yuklab olindi: 693-marta

 ITD-1-144 “O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari” ilmiy -tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to‘plamida mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalari va ularning tarjimalari o‘rin olgan. Tarjimalarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Arab filologiyasi kafedrasi ustozlari hamda mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistr, talabalar, ilmiy-tadiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug‘ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. To‘plamdan arab tili darslarida xrestomatiya sifatida foydalanish mumkin. Shu bilan birga o‘zbek adabiyoti bilan qiziqqan arab tilida so‘zlashuvchi do‘stlarimiz ham endilikda mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalarini o‘z ona tillarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2018-01-31 14:00:38 | ko'rishlar soni: 2098 | Yuklab olindi: 775-marta

   Ilohiy kuch-qudrat bahodirlar haqida hikoya qiluvchi qadimgi afsonalar ummonining chek-chegarasi yo'q. N.A. Kun tomonidan ulardan eng qiziqarli va o'ziga xoslari qayta jonlantirilgan bo'lib, mazkur kitobga jamlangandir. Bu afsona va rivoyatlar faqat mutaxassislarnigina emas, balki keng o'quvchilar doirasiga ham qiziqarlidir.

2016-02-22 12:05:58 | ko'rishlar soni: 12266 | Yuklab olindi: 4664-marta