Alisher Navoiy asarlari bo’yicha konkordans tuzish qo’llanmasi "F-1-135 Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi" fundamental ilmiy loyiha doirasida tuzildi. Bu loyiha bo’yicha, birinchi navbatda, Alisher Navoiy "Xamsa"sining beshta dostoni bo’yicha konkordans tuzish nazarda tutilgan edi. Shu maqsadda, avval, konkordans tuzish bo’yicha dunyo tajribasi o’rganilib, Navoiy asarlari o’z mohiyati bilan noyob asarlar bo’lganligi uchun ularning o’ziga xosliklarini nazarga olgan holda alohida qo’llanma yaratildi. Bu qo’llanma kelgusida o’zbek adabiyotining boshqa asarlari bo’yicha tuziladigan konkordans va izohli lug’atlar uchun yo’llanma vazifasini bajarishi mumkin.
“Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridagi ramz va timsollar” monografiyasi “F-1-135 Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi” fundamental ilmiy loyiha doirasida amalga oshirildi. Bu monografiyada “Xamsa” dostonlarida eng ko’p uchraydigan ayrim ramz va timsollar konkordans asosida lug’aviy va majoziy ma’nolari namuna sifatida talqin qilingan. Monografiya bo’lajak Alisher Navoiy asarlari bo’yicha konkordans asosida tadqiqot olib boruvchilar uchun va o’quvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan.

Qo’lingizdagi ushbu monografiyada dunyoning turli fondlarida saqlanayotgan ilk va o’rta asrlardan bizga qadar etib kelgan eski turkiy tildagi diplomatik ҳujjatlarning diaxron aspektdagi tahlili amalga oshirilgan.
Kitob filologlar, tarixchilar va ayni yo’nalishda o’qiyotgan talabalarga mo’ljallangan.
Tadqiqot F-1-136 "Ilk va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o’zbek davlatchiligi tarixidagi o’rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretastiyasi masalalari)" mavzuidagi ilmiy tadqiqot granti doirasida yozilgan.
Xitoy adabiyotidan tayyorlangan mazkur xrestomatiya IDT-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalanni sharq tillanga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" nomli loyiha doirasida amalga oshirilgan. Xrestomatiyada Pu Sunglingning o'n ikkita novellasining tarjimalari berilgan. Mazkur kitobdan bakalvrning filologiya va tillarni oqitish hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti ta'lim yo'nalishlari talabalari “Xitoy adabiyoti” fanida, magistratura bosqichida ta'lim olayotgan magistrlar “O'rta asr xitoy novellistikasi” nomli tanlov fan doirasida, akademik litsey o'quvchilari, xitoy tili va adabiyoti o'qituvchilari va boshqa xitoy tilini mustaqil o'rganuvchilar hamda xitoy adabiyoti muxlislari ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" bakalavriat yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun "Amaliy tarjima" fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda badiiy tarjima bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Qo'llanma badiiy tarjimaning eng muhim muammolari, asosiy prinsiplari, talab-qoidalari, usullari haqida muxtasar ma'lumot berishga yo'naltirilganligi uchun undan magistratura mutaxassisligida o'qitiladigan tarjimashunoslik va tarjima mahorati bilan bog'liq fanlarni o'qitishda ham foydalanish mumkin. Qo'llanma ToshDSHIda bajarilayotgan ITD-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yaratildi.
"Turk adabiyoti (XIII-XVIII asrlar)" monografik tadqiqotda turk mumtoz adabiyoti tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan ijodkorlar haqida fikr yuritiladi. O’rta asrlar turk adabiyoti o’quv qo’llanmasi ilk bor yaratilayotgani uchun, muallif qisqacha turk xalq adabiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu monografik tadqiqot Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyiҳasi asosida tayyorlandi.
Учебник адресован будущим учителям-словесникам, готовящимся к работе в средней общеобразовательной школе, а также в средних специальных учебных заведениях. Материалы книги позволяют организовать самостоятельную работу студентов по основным темам вузовского курса современных технологий преподавания русского языка и литературы, раскрывают специфику их будущей работы.
Учебник может быть использован учителями средних общеобразовательных школ, преподавателями академических лицеев и профессиональных колледжей в подготовке и проведении уроков различных типов, а также преподавателями вузов при разработке занятий с использованием современных педагогических технологий.
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriatning matematika yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, amaldagi yangi bakalavriat dasturi asosida yozilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda matematika bo'limlarining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan, ikkinchi qismda islom mamlakatlari olimlarining matematika rivojiga qo'shgan hissalari yoritilgan.
O'quv qo'llanma respublikamizda matematika tarixi bo'yicha ilk qo'llanma bo'lib, undan talabalar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari va matematika tarixi bilan qiziquvchilar foydalanishlari rnumkin.

El manual propuesto esta disenado para una amplia gama de principiantes que aprenden a espanol.
Puede tambien utilizarse en instituciones de educacion superior para el aprendizaje del espanol como segunda lengua, como su lexico-gramatical minimo corresponde al programa de las facultades humanitarias.
El objetivo del manual — contribuir a la asimilacion practica por el espaсol, la asimilacion de las reglas basicas de la pronunciacion y la gramatica, la adquisicion del vocabulario necesario, el desarrollo de las practicas de la lectura y la comprensiуn de los textos de la dificultad media, tambien la asimilacion por las practicas de la traduccion.
Ademas, este manual tiene el objetivo hacer conocer a los estudiantes con el minimo hablado y escrito del lexico de negocios que es importante especialmente hoy en la practica que hablan en la lengua extranjera.

Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O'quv qo’llanma. Toshkent.: «Barkamol fayz mediya», 2016. 192 b.
Universitetlaming filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek filologiyasi) bakalavriat ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun mo’ljallangan mazkur o'quv qo'llanmada tilshunoslik fani, uning yo'nalish va bo'limlari, til va jamiyat til va tafakkur, til va nutq munosabati, til birliklari va nutq birliklari, tilning tizim sifatidagi ichki tuzilishi, tillar tasnifi kabi masalalar yoritilgan.