Yangi kitoblar

 

 Jabborova H.Q. "Amaliy va matematik lingvistika". Uslubiy qo'llanma. Samarqand. SamDChTI nashri, 2016 yil, 116 bet.

    Uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "5120100 - Filologiya va tillarni о 'qitish ", "5111400-Xorijiy til va adabiyoti" bakalavriyat ta'lim yo'nalishlarii talabalari uchun "Amaliy va matematik lingvistika" fanidan yaratilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan.

  Ushbu uslubiy qo'llanmada "Amaliy va matematik lingvistika" fanini yaxshi o'zlashtirgan talaba eksperimental fonetika, lingyostatistika, morfostatistika, grammatik statistik tadqiqotlar yarata olish ко 'nikmalariga ega bo 'ladi. Xuddi shuningdek, avtomatik tarjima va korpus lingvistikasining nazariy asoslarini egallaydi. Har bir mavzu boyicha topshiriqlar berilgan. (ijtimoiy-gumanitar fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun).

2016-05-19 09:35:41 | ko'rishlar soni: 5206 | Yuklab olindi: 1846-marta

     Bertels E.E. Navoiy. Monografiya. Tarjimon I. K. Mirzaev - f.f.d, prof. - T.: «Tafakkur qanoti», 2015. - 372 bet.

   Ushbu monografiyada Temuriylar, Hirot, Samarkand, Sulton Husayyanint taxtga o‘tirishi, Temuriylar davrida adabiy muhit va turkiy she’rilt; Navoiyving yoshligi. o‘spirinlik yillari, mansabdorlikning boshlanishi, li­rik she’rlar, shuhrat cho‘qqisida, A. Jomiy bilan do‘stligi, «Bepshlikning yaratilishi; halokat, so‘nggi yillari, oxirgi so‘zi, vafoti; Navoiy va fol­klor mavzulari yorqin va juda o‘qimishli yoritilgan.

   Monografiya sharqshunos, naoiyshunos, adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi, faylasuf, pedagog, o‘quvchi. talaba, magistrant, doktorantlarga, bobokalon shoirimiz hayoti va ijodi bilan qiziqadigan barcha yurtdoshlarga mo‘ljallangan.

2016-05-16 10:35:37 | ko'rishlar soni: 2917 | Yuklab olindi: 1173-marta

     Бурнашева Ф.С., Бурнашев Р.Ф. Высшая математика. Для студентов гуманитарных направлений. Самарканд.: 2016. 162 стр. 

   Учебно-методическое пособие «Высшая математика для студентов гуманитарных направлений» состоит из следующих разделов: основные понятия элементарной математики, элементы линейной алгебры, аналитическая геометрия на плоскости, основы математического анализа. Кроме систематизированного изложения теоретического материала по каждой теме раздела в качестве примеров решено большое число практических задач разного уровня сложности. Каждая глава завершается списком контрольных вопросов, заданиями для аудиторной и самостоятельной работы, контрольными и тестовыми заданиями, ответы на которые позволяют студенту самостоятельно оценить уровень его подготовки к данном) моменту обучения. Для студентов высших учебных заведений, обучающихся по гуманитарным направлениям бакалавриата.

2016-05-16 10:29:51 | ko'rishlar soni: 2489 | Yuklab olindi: 1135-marta

Турдиева Н.Ё. Поэтика фразеологии и система языка: (В аспекте художественного новаторства Вильяма Шекспира)

   В книге рассматриваются вопросы поэтики фразеологии и системы языка в аспекте художественного новаторства Вильяма Шекспира и роли его фразеолекта в развитии фразеосистемы английского языка XVI века (общая характеристика фразеологии языка эпохи Шекспира, семантическое переосмысление переменных словосочетаний как источник становления фразеологических единиц, фразеологизация национальных образов), системность фразеопоэтики Шекспира в историко-деривационном и метафорическом ракурсе и контекстная специфика шекспировской фразеопоэтики (фразеосемантизация, узуальность и окказиональность фразеологических единиц).
   Для всех тех, кого интересуют проблемы фразеопоэтического творчества.

2016-05-03 15:30:24 | ko'rishlar soni: 2248 | Yuklab olindi: 751-marta

     Elmurodov N.  Nisbat kategoriyasi. Monografiya. 2016

   Monografiya bakalavriat va magistratura ta’limi yo'nalishidagi talabalarga mo'ljallangan bo'lib, unda nisbatning “Tilning grammatik qurilishi", "Grammatik kategoriya ”, “Fe’l ”, "Fe’lning nisbat kategoriyasi ”, “Nisbat kategoriyasi gaplarda subyekt obyekt munosabatlarini ifodalovchi asosiy vosita sifatida”, “Passiv konstruksiyalar tipologiyasi”, “Passiv va uning sinonimlari”, “So'z turkumlari valentligi” va “Shaxssiz passiv” kabi masalalari o'z ifodasini topgan.

   Ushbu mavzular talabalarning nazariy grammatika, til tarixi, german filologiyasiga kirish, matn lingvistikasi kabi fanlardan olgan bilimlarining kengayishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi.

2016-04-14 11:04:04 | ko'rishlar soni: 3811 | Yuklab olindi: 1102-marta

   Taxirov Z. Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Toshkent.: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. -272 b.

   Ushbu darslik 5A220104 -“Noshirlik ishi va muharrirlik” ixtisosligi bo‘yicha magistrantlarga mo'ljallangan. Darslikdan 1-bosqich magistrantlariga “Nashr jarayoni asosiy bosqichlari” fanidan ma’ruzalar o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar olib borishda foydalaniladi. Darslikda hozirgi nashriyot-matbaa ijodiy uylarida kitob nashri jarayonidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladigan ishlar va ulardagi muharrir ishtiroki, shuningdek badiiy ijod bilan tanishadilar.
   Darslik magistrantlar, soha izlanuvchilari uchun va ilmiy tadqiqot ishlarida ham foydadan holi emas. Shuningdek, darslikdan nashriyotlar, ommaviy axborot vositalarining tahririyatlarida qo'lyozma matni ustida ishlovchi muharrirlar va amaliyotchi jumalistlar ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari universitetlar va pedogogika institutlari filologiya fakultetlari bakalavriant va magistrantlariga ham mo‘ljallangan.

2016-03-24 10:02:22 | ko'rishlar soni: 3447 | Yuklab olindi: 1140-marta

     To‘ychiboyev M.U.  Bioximiya va sport bioximiyasi: darslik-T.: Tafakkur bo‘stoni, 2015— 416 b.

    Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan biokimyo fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslik uch qismdan iborat. Birinchi “Statik biokimyo” qismida tirik organizmlaming tarkibiga kiradigan kimyoviy moddalarning tuzilishi (strukturasi), xossalari va biologik funksiyalari haqidagi zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi “Dinamik biokimyo” qismida odam organizmida uning fiziologik funksiyalarining asosini tashkil qiladigan turli biokimyoviy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Uchinchi “Sport biokimyosi” qismida esa turli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda odam organizmida unga javoban sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar va ularning qonuniyatlari bayon qilingan.
   Ushbu darslik jismoniy tarbiya institutlari va boshqa barcha Oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya bakalavriyat yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,undan biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.

2016-03-24 09:56:38 | ko'rishlar soni: 6090 | Yuklab olindi: 2010-marta

     Abdullaeva D. Oila psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent.: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. -256b.

  Ushbu o‘quv qoilanma asosan “Oila psixologiyasi” fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan. O‘quv qo‘llanmada ma’ruza va seminar mashg‘ulotiarini o'qitishning ta’lim texnologiyalari aks ettirilgan. Shu bilan birga o‘qitish tizimiga pedagogik va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilish samaradorligini oshirish hamda o‘quv jarayonini to‘g‘ri va oqilona tashkil qilish usullari yoritilgan.
     Ushbu qo‘ llanma psixologlar, o‘qituvchilar hamda pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi (5110900) talabalariga mo'ljallangan.

2016-03-24 09:48:40 | ko'rishlar soni: 11397 | Yuklab olindi: 3269-marta

     Rahimov G'.X. Tarjima nazariyasi va amaliyoti 

   Mazkur darslik talabalarda tarjima jarayoni haqidagi nazariy hamda amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga doir mavzularni qamrab olgan. Darslikning maqsadi filologiya va tarjimonlik yunalishida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari talabalariga "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fani bo’yicha O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim davlat standartlarining oliy ta’lim bosqichidagi 5220100-filologiya hamda 5120201 - tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi bo’yicha bakalavr tayyorgarligi darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan talablarga mos bilim va ko’nikmalarni hosil qilish imkonini yaratishdan iboratdir.

2016-03-16 09:56:40 | ko'rishlar soni: 6961 | Yuklab olindi: 2668-marta

   Uslubiy qo'llanma universitetda nemis tilini ikkinchi til sifatida o'rganayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, uslubiy ko'rsatmada nemis tilining qisqacha fonetikasi, morfologiyada so'z turkumlariga to'xtalib, ot, sifat, son, ravish, olmosh, predlog, bog'lovchilar, qo'shma gap va ergash gap, qo'shma gaplar haqida qisqa ma'lumot berilgan. Shuningdek, ot va otlarning turlanish guruhlari, fe’l va fe’l zamonlari haqida alohida to'xtalib, ayrim otlarning turlanishi va fe'llarning zamonlarda tuslanishi haqida namunalar keltirilgan va tegishli mashqlar bilan mavzular mustahkamlangan.

  Uslubiy qo'llanmani tayyorlashda M.Vasilyeva, A.Gevelenglarning "Nemis tilining amaliy grammatikasi", T.Mirsoatovning "Nemis tili grammatikasi", E.Shendelsning "Nemis tili grammatikasi" kabi manbaalardan foydalanilgan.

2016-02-11 14:31:17 | ko'rishlar soni: 12738 | Yuklab olindi: 3949-marta