Bektemirov Z.N. Hozirgi zamon tilshunosligida ilovali elementlar muammosi // “Sharq tafakkuri va inson muammosi: ma’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari”: Respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil, 25-iyun. – B. 187-191.
Annotatsiya: Mazkur maqola zamonaviy tilshunoslik doirasida ilovali (parentetik) birliklarning sintaktik, pragmatik va funksional jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ilovalar nutqning ichki tuzilmasidagi mustaqil leksiksintaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqilib, ularning muloqot jarayonidagi roli, mantiqiy aloqadorligi va kontekstga bog‘liqligi aniqlanadi. Ayniqsa, nemis tilida uchraydigan parentetik konstruksiyalarning xususiyatlari va ularning zamonaviy matnlardagi ishlatilish hollari tahlil qilinadi.
Bektemirov Z.N. Hozirgi zamon nemis tilida ilovali elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari // “Sharq tafakkuri va inson muammosi: Мa’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari”: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. 2025-yil, 25-iyun. – B. 178-182.
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi zamon nemis tilida ilovali (parentetik) elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ilovalar og‘zaki va yozma nutqda ma’lumotga baho berish, shubha bildirish, mulohaza yuritish, tinglovchi/voqea ishtirokchisiga murojaat qilish kabi kommunikativ vazifalarni bajaradi. Maqolada ilovali birliklarning lug‘aviy-tuzilma jihatlari, ularning sintaktik mustaqilligi va kontekstual moslashuvi nemis tilidagi autentik misollar asosida ko‘rib chiqiladi.
Kalit soʻzlar: nemis tili, ilovali element, lingvopragmatika, kommunikativ vazifa, sintaktik struktura, parentetik birlik
G‘aybullayeva L.S. Mahalla yoshlarining falsafiy dunyoqarashini oshirishda ta’limning o‘rni // O‘zbekiston-Finlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari, mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand, 2024-yil 24-25-may, – B. 523-525.
Annottatsiya. Maqolada mamlakatimiz ravnaqida muhit tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mahallada yoshlarning falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishda mavjud muammolar va ularning еchimiga doir qarashlar ilmiy tadqiq etilgan. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik ruhiyatini kuchaytirishda falsafiy tafakkurning zarurligi ta’lim tizimi bilan uyg‘un holda tadqiq etilgan. Unda yoshlarning falsafiy dunyoqarashi shakllanishi bevosita mahalladagi ijtimoiy qadriyatlar negizida qaror topib borishi ta’limning samaradorligi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: falsafiy dunyoqarash, ta’lim texnologiyalari, global muammolar, madaniyat, jamiyat, falsafiy tafakkur, ta’lim, fan, axloq, mulohaza.
G‘aybullayeva L.S. Mahallada siyosiy faol yoshlarni tarbiyalashda ma’naviyat masalalari // Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammo va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, – Samarqand, 2023-yil 23-24-iyun, –B. 328-331.
Maqolada mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash borasida mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning falsafiy yo‘llari tadqiq etilgan. Ayniqsa, yoshlarda siyosiy faollikni oshirish bilan bog‘liq qarashlar ma’naviyat, axloq, siyosiy ong bilan bog‘liq mahalla tizimidagi yangilanishlar asosida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: mahalla, davlat, yoshlar, siyosiy faol yoshlar, siyosiy ong, siyosiy madaniyat, ma’naviyat, xalq, tarix.
G‘aybullayeva L.S. Mahallada yoshlar faolligini oshirishda mafkuraviy immunitetning o‘rni // Dinshunoslikning dolzarb muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasi, 2024. –B. 259-262.
Mamlakatimiz mahallalarida xalqning boy intellektual-madaniy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida yoshlar faolligini oshirish, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish borasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Yoshlarga doir faollikni hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettirish, ularda mustahkam mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zamon talab qilayotgan vazifadir. Har bir mahallada yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol toptirish, baxtli bo‘lishi ta’minlash davlatning bosh maqsadi sanaladi.
G‘aybullayeva L.S. Globallashuv sharoitida mahalla yoshlarining siyosiy faolligini oshirishda ta‘lim-tarbiya masalalari // Inson-jamiyat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –Buxoro, II-qism. 1 may 2024. – B .228-230.
Har bir jamiyatning islohotlari negizida o'sib kelayotgan yosh alvodning siyosiy faolligini oshirish muhim ta‘lim-tarbiya jarayonini talab etadi. bugungi kunda yangi O'zbekistondagi yangilanishlar orqali mahallalarda yoshlarning vokelikka siyosiy faolligini kuchaytirish xalqimizning tarixan shakllangan yuksak falsafiy tafakkuri bilan uyg'unlashgan. Mana shunday siyosiy faol yoshlar yurtimizning barcha mahallalarida yetakchilik va liderlik faoliyati bilan ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy, huquqiy va boshqa sohalarning rivojiga ta‘lim-tarbiya tizimi bilan parallel o'z hissasini qo'shayotganligi quvonarli holdir. Kundan-kunda jahon yoshlari bilan teppa-teng innovasion g'oyalar asosida o'zining ishbilarmonligi, tadbirkorligi, tashabbuskorligi asosida jamiyatda yutuqlarga erishayotgan farzandlarimiz ilm-fanga asoslanib faoliyat olib bormoqda.
G‘aybullayeva L.S. Mahallada yoshlar faolligini rivojlantirishning nazariy masalalari// Fan taraqqiyotining dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –Samarqand, 2024yil19-oktabr. –B. 344-346.
Mahallada yoshlar faolligini oshirishda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishimiz, islohotlar taqdiri va samaradorligimiz qanday intellektual kuchlar ekanligimiz, yoshlarimizning ma’naviy boyligi va mafkuraviy kayfiyatiga bog‘liq. Har tomonlama bilimli, ma’naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz faolligining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib kelmoqda. Ilm fanda yoshlar faolligini oshirishning nazariy-fundamental, amaliy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda.
G‘aybullayeva L.S. Mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yoshlar siyosiy faolligini oshirish masalalari// Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning sinergetik muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari.– Samarqand, SamDU. 2023. –Б. 36-38.
Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan mahalla bilan bog‘liq qarashlari, ularda o‘nib-o‘sib voyaga yetayotgan yoshlarning siyosiy faolligi masalalari o‘rganilgan. Mahallalarda ijtimoiy barqaror hayot tizimini rivojlantirishda yoshlarning ham o‘rni, o‘ziga xos falsafiy dunyoqarashi borligi masalalari ilmiy tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: mahalla, jamiyat, inson, yoshlar, siyosiy faollik, ijtimoiy barqarorlik, ma’naviyat, axloq, tafakkur.
Jamiyatning mustahkam kuchga aylanib borishida o‘zbek xalqining o‘zini-o‘zi boshqarish organi hisoblangan mahalla tizimi alohida o‘ringa ega. Uning o‘ziga xos xususiyati sifatida boshqa xalqlarda uchramaydigan axloqiy tamoyillari har bir oilada tinchlik, farovonlik, qadriyatlarni ulug‘lashning birinchi o‘rinda turishidir. Unda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruvida yoshlarning faol ishtirok etishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu avvalo, davlatning maqsad va vazifalari amalga oshadigan dastlabki maskan mahalla bilan uzviy ravishda yoshlarga bo‘lgan siyosat orqali amalga oshadi hamda yoshlar faolligini belgilaydigan muhim mezoni va asosi hisoblanadi. O‘zbek xalqi o‘tmishi bilan bog‘liq mahallaning boy madaniyat, ma’rifat, ilm-fan maskani ekanligi hamisha bizni uni yana mustahkamlashga chorlaydi. “Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlarimizda ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari faoliyat yuritmoqda”.
Гайбуллаева Л.С. Социально-философские вопросы повышения политической активности молодежи // Интернаука. Инновационные подходы в современной науке. Сборник статей по материалам CLXIX международной научно-практической конференции. №13 (169)– Новосибирск, июль 2024. – С. 45-48.
АННОТАЦИЯ. В статье изложены сведения о том, что социально-философские взгляды имеют особое значение в повышении политической активности молодежи в обществе.
ABSTRACT. The article provides information that socio-philosophical views are of particular importance in increasing the political activity of young people in society.
Ключевые слова: соседство, молодежь, философское мировоззрение, политическая деятельность, общество, общественная жизнь.
G‘aybullayeva L.S. Jamiyatda yoshlar falsafiy tafakkurini oshirishda mahallaning o‘rni // Falsafa va huquq. Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy falsafiy-huquqlari jurnal. –Toshkent, 2024. –№ 1.–Б.151-154. (09.00.00; №15).
Har bir jamiyat o'zining muayyan taraqqiyot yo'lini belgilab olishida taraxan rivojlanib kelgan ijtimoiy institutlarga tayanadi. Mana shundan institut sifatida bir necha asrlardan buyon xalqimizning hayotida chuqur iz qoldirgan mahalla tizimi o'zining noyobligi bilan ajralib turadi. Mahallada yoshlar faolligini oshirishda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish, islohotlar taqdiri va samaradorligi qanday intellektual kuchlarga bog‘liqligini chuqur o'rganish lozim. Chunki har tomonlama bilimli, ma'naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib kelmoqda. Keyingi yilarda ilm-fanda yoshlar faolligini oshirishning nazariy-fundamental, amaliy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, mahallada yoshlar faolligini oshirishda, ma'naviy-intellektual qadriyatlar tizimini yuksaltirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish, ularning faol harakat komponentlari klassifikatsiyasini ishlab chiqishga doir ilmiy izlanishlar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, milliy manfaatlar tizimidan kelib chiqqan holda, yoshlar faolligini yuksaltirishning xalqaro standartlarini joriy etish hamda yoshlar hayotiy faoliyatining sifat ko'rsatkichlarini belgilash darajasining falsafiy jihatlarini tadqiq qilish zaruriyatini saqlab qolmoqda.