Muallif: Akindikov N.B.

Chop etilgan yil: 2024

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Akindikov N.B. O‘rta maktablarda dramatik asarlar matni talqini va adabiyotshunoslik atamalarining berilishi (U.Shekspirning “Hamlet” tragediyasi asosida) // International conference advanced methods of ensuring quality of education: problems and opportunities. Conference proceedings (2nd part). May 2-3, 2024, Samarkand, Uzbekistan.  – B. 97-99.

O'zbekiston Respublikasi xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, Uchinchi Renessans boshlanishi deb nomlanayotgan davr talabi ta'lim-tarbiya jarayonining ijtimoiy-siyosiy; ilmiy-nazariy, iqtisodiy hamda tashkiliy asosi bo'lmish "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" va u bilan bog'liq meyoriy hujjatlarni zamon va bugungi kun talab hamda ehtiyojlarlariga moslashtirib qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda. Bu talablaming zamirida esa ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, jamiyatda o'qituvchi nifuzini ko'tarish, uning sifatli amaliy faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratish, moddiy va ma'naviy rag'batlantirishga alohida e'tibor qarashni taqozo qilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun esa har bir fan, predmetning o'qitilishidagi mavjud holatni tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarni aniqlab olish muhim. Ushbu holatlardan kelib chiqib, o'rta maktablarimizda chet el adabiyoti namunalarini oqitishning ayni paytdagi holatini turli aspektlarda, jumladan tur va janrlar kesimida o'rganish va tahlil qilish ham muammoni yoritishda hamda muayyan darajada hal etishda zaruriy omil bo'lib xizmat qiladi, deb hisoblaymiz.

2026-06-24 10:42:12 | ko'rishlar soni: 31 | Yuklab olindi: 19-marta