Maqolalar

 

Egamberdiyeva A.M. Altruizm jamiyatda yoshlarni falsafiy tarbiyalash omili sifatida // Sharq tafakkuri va inson muammosi: ma’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari. SamDCHTI, 2025. -B. 400-403.

Jamiyatda yoshlarni falsafiy tarbiyalashda altruizmning fundamental nazariy va amaliy muammolari katta ahamiyatga ega. Turlicha ekstremal vaziyatlarda insonlarning bir-birlariga o‘zaro yordamini nazorat qilish qiyin bo‘lganligi uchun ijtimoiy ko‘maklashish imkoniyatini ochadi. Professor Q.Nazarov fikricha, “altruizm – odatda, yaqinlarga mehr-muhabbat bilan qarash, odamlarning xatolarini kechirish, o‘zining qadr-qimmatini chetlab o‘tib, uy-fikri va xatti-harakatini boshqalar hayotiga bag‘ishlash, o‘zini tamomila unutishni anglatadi”. Bunday insonlar o‘tmishda ham, hozirda ham ko‘plab topiladi. Ular o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan ko‘ra jamiyatning, biror-bir insonning qadrini ko‘tarish uchun butun umr intiladilar. Altruizm ezgulik va insonparvarlik instinkti sifatida barcha instinktlarning tendensiyalarini axloqiy jihatdan jamiyatda inson qalbida rivojlantirib, o‘z xayrixohligi asosida fuqarolar bilan yaqinda ijtimoiy ko‘makni amalga oshiradi.

2026-08-07 19:12:31 | ko'rishlar soni: 40 | Yuklab olindi: 17-marta

Egamberdiyeva A.M. Altruizmni tushunchasining falsafiy mohiyati // Fan taraqqiyotining dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar. Respublika ilmiy – amaliy konferensiya. SamDCHTI, 2024. B. 423-425. 

Altruist inson boshqalarning xohish-istaklariga hamdardlik ko‘rsatdi, bu odamlar va o‘zi o'rtasida g‘ayrioddiy kuchli aloqani his qiladi. Uning super egosi unga o‘z xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga imkon bermaydi, lekin boshqa odamlarda kutilmagan tarzda bunga toqatli bo‘lib chiqishiga olib keladi. U boshqalarga o‘zlarining shunga o‘xshash impulslarini koo‘iktirish orqali o‘z impulslarini qondirdi. Shunday qilib, uning o‘z instinktlarini boshqalarning foydasiga tashqi rad etishi ya’ni, aslida, altruistik xatti-harakati egoistik ma’noga ega bo‘lib, unga aylanma tarzda kechiktirilgan harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.

2026-08-07 19:03:09 | ko'rishlar soni: 43 | Yuklab olindi: 16-marta

Egamberdiyeva A.M. Yoshlarda altruizmni rivojlantirishda diniy ta’limning nazariy-uslubiy masalalari //Xorijiy tilni o`qitishdagi dolzarb metodik, lingvistik masalalar va yondashuvlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. SamDCHTI, 2025. -B 11-14. 

Yoshlarning xulq-atvorini tarbiyalashda dinning roli alohida ahamiyatga ega bo‘lib, jumladan, altruistik dunyoqarashni rivojlanishda muhim mexnazim sanaladi. Din yoshlarni o‘z tengdoshlarini kuzatish va ularga taqlid qilish orqali ezgulikka chorlaydi. Diniy tafakkur asosida yoshlar o‘zlarining diniy jamoalarida altruistik modellarga e’tibor qaratib, o‘z xatti-harakatlarini nazariy jihatdan mustahkamlaydilar. Din insonning axloqiy intuitsiyalarini, jumladan, g‘amxo‘rlik va adolat bilan bog‘liq jihatlarni shakllantiradi, bu altruistik xatti-harakatni asoslaydi. Turli dinlarning hikoyalari, ta’limotlari va axloqiy imperativlari yoshlarda altruistik qadriyatlarning poydevorini yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

2026-08-07 18:58:19 | ko'rishlar soni: 62 | Yuklab olindi: 41-marta

X.Normatov Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion va interfaol metodlarning samaradorligi: nazariya va amaliyot uyg’unligi. “Prospects and opportunities for inclusive teaching in higher education: challenges and solutions”, international scientific and practical conference, 2025-yil 2-3-may. 473-475 bb.

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim talablariga muvofiq tayyorlash masalalari yoritilgan. Xususan, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalarining kasbiy tayyorgarlik, pedagogik madaniyat va amaliy faoliyatga tayyorgarlikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Talabalarni mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faol va psixologik barqaror pedagog sifatida shakllantirishda muammoli ta’lim, case-study, mikro-dars, simulyatsion texnologiyalar, mentorlik tizimi va xorijiy tajribalarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Nazariya va amaliyotning uzviyligi, refleksiv yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan treninglar asosida talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishining bosqichlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Innovatsion metod, interfaol ta’lim, muammoli ta’lim, case-study, refleksiya, mentorlik, simulyatsiya, pedagogik amaliyot, psixologik tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, nazariya va amaliyot uyg‘unligi. 

2026-07-31 11:59:54 | ko'rishlar soni: 47 | Yuklab olindi: 27-marta

Normatov X. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni shakllantirishda interfaol metodlarning ahamiyati. Current Methodological, Linguistic Issues and Approaches in Foreign Language Teaching. 125-126 bb.

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari hamda bu borada ishlab chiqilgan konseptual modelning mazmun mohiyati tahlil etiladi. Modelning asosiy tarkibiy qismlari – maqsadli, mazmuniy, metodik, tashkiliy va natijaviy komponentlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: kasbiy madaniyat, interfaol metodlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, ta’lim modeli, pedagogik kompetensiya, refleksiya. 

2026-07-31 10:09:24 | ko'rishlar soni: 61 | Yuklab olindi: 39-marta

Normatov X. Harakatli o‘yinlarni tashkil etishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati “Pedagogical education in a multicultural world: History and Modernity proceedings of international scientific-practical conference” - “Koʻp madaniyatli dunyoda pedagogik taʼlim: Tarix va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
2025-yil 4-iyun. 83-84 bb.

Annotatsiya. Ushu maqolada tarbiyachilar va o‘qituvchilar harakatli o‘yinlarning tashkilotchisi va rahbarlari ekanligi. Harakatli o‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan yaxshi o‘nib-o‘sishlariga, salomatliklari yaxshilanishiga, chiniqishlariga, organizmlarining va umumiy ish qobiliyatlarining yanada mustahkamlanishiga yordam berishligi haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: O‘qituvchilar, harakatli o‘yinlar, salomatlik, chiniqish, qobiliyat, bilim, bola, ta’lim, sharoit. 

2026-07-31 09:48:13 | ko'rishlar soni: 60 | Yuklab olindi: 38-marta

X.Normatov Harakatli oʻyinlar asosida boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy madaniyatni takomillashtirish metodikasi. “Aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ulanishga jalb qilishda milliy o'yinlarimizning ahamiyati” mavzusida respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman, 29-noyabr. Denov-2025, 202-204 bb.

Annotatsiya. Ushbu maqola harakatli oʻyinlar asosida boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy madaniyatni takomillashtirish metodikasini oʻrganishga bag'ishlangan. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish, ularning pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish va oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasini yaxshilash maqsadida harakatli oʻyinlardan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Maqolada harakatli oʻyinlar orqali oʻqituvchilarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish, ijodkorlik va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish usullari keltiriladi. Shuningdek, jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy madaniyatini oshirishda muhim omillar va tavsiyalar beriladi.

2026-07-31 09:35:41 | ko'rishlar soni: 51 | Yuklab olindi: 34-marta

Farhodova Sh.U. Politeness and Gender: Linguistic and Social Perspectives// International Conference - Prospects And Opportunities For Inclusive Teaching In Higher Education: Challenges And Solutions. – Samarkand – 2025. – P.279-281

Abstract: Politeness and gender are highly correlated through language and social contacts.This article explores the variations in politeness between the genders using linguistic theories and social points of view.It examines the numerous politeness strategies used by men and women, which are influenced by cultural standards and customs.The argument combines feminist points of view, gendered communication theories, and empirical research to underline the dynamic and performative element of gendered politeness. Research indicates that women usually use more cooperative and helpful ways whereas men generally utilize aggressive and competitive politeness techniques, which mirrors wider society power dynamics.

Keywords: Politeness, gender, linguistics, communication, social norms, pragmatics, discourse analysis.

2026-07-20 11:33:34 | ko'rishlar soni: 40 | Yuklab olindi: 18-marta

Musoyeva A.B. Effective use of research tools for data collection in training future educators as qualified specialists // Xorijiy tilni o‘qitishdagi dolzarb metodik, lingvistik masalalar va yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Samarqand, 2025, B.-135-136.

Abstract: Evidence-based approaches guided by data-driven decision-making are the foundation of the training of future teachers as competent professionals. The main purpose of research tools in obtaining accurate, relevant data for teacher preparation programs is investigated in this article. The methodical use of qualitative, quantitative, and mixed-method data collecting tools to assess pedagogical readiness, topic mastery, and reflective practices among pre-service teachers is of paramount importance. Based on present studies in applied linguistics, educational psychology, and teacher development, the article stresses the significance of matching research tools with educational goals to raise instructional quality and research competency.
Key words: pre-service teachers, educator preparation, research tools, data collecting, research competence

2026-07-08 10:24:54 | ko'rishlar soni: 69 | Yuklab olindi: 36-marta

M.To'qboyeva. D.Teshebayeva. O'zbek tili gap qurilmasida holatni ifodalovchi elementlarning sintaktik o'rni / Ta'lim sifatini yangilashning ilg'or usullari: muammo va yechimlar. SamDChTI- Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. May 2-3, 2024. - B. 1025-1027.

Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek tili gap qurilmasida holatni ifodalovchi elementlarning sintak tahlili va sintak o’rni haqida tahlillar berilgan.
Kalit so‘zlar: holat kategoriyasi, gap qurilmasi, stativ elementlar, sintaktik tahlil, sintaktik birliklar.
doi: https://doi.org/10.2024/6zw08e84

2026-07-08 10:16:19 | ko'rishlar soni: 88 | Yuklab olindi: 56-marta