Muallif: Sindorov R.U.
Chop etilgan yil: 2022
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Sindorov R.U. Lingvomadaniy muloqotda “minnatdorchilik” xususiyatiga ega birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari (fransuz tili misolida) // Xorijiy tillarni o’rgatishda zamonaviy o’qitish metodikasi: muammolar va yechimlar: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Samarqand, 2022. - B.104-105.
Annotatsiya. Bu maqolada lingvomadaniy birlik, insonning o`z xis tuyg`ularini ifodalanishi. O`z xis tuyg`ularini qay yo`sinda boshqa bir insonga yetkazishi.
Kalit so`zlar: Minnatdorchilik, mavhum tushuncha, inson tuyg’ulari, xursandchilik.
“Minnatdorchilik” o’zi nima? Bu mavhum tushunchaga qanday ta’rif bersak bo’ladi? Birovning sizga qilgan yaxshiligi evaziga sizning unga bo’lgan xis-tuyg’ularingizning yuzaga chiqishi. Bu sizning nutqingizda namoyon bo’ladi, shuningdek, unga bo’lgan mehringiz oshadi. Bu jarayon ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Kimlardir sizning unga qilgan yordamingiz uchun sovg’a sifatida biron qimmatli narsani sizga tahdim etishi yoki bo’lmasa, ko’nglidagi bor samimiy tuyg’larini sizning oldingizda bayon etishi mumkin. Faqatgina yurakdan boshqalarga maftun bo’lish yetarli emas. O’z quvonchingizni, to’lqinlanganingizni, ularga yetkazish lozim. Chunki, o’z minnatdorliklarini, xursandchiliklarni namoyon qilishni sevadigan kishilarga ikki barobar ko’p minnatdorlik bildiradilar.