Maqolalar

 

To'qboyeva M. Ingliz tilida stativlikni ifodalovchi fe'llar/Ta'lim sifatini yangilashning ilg'or usullari: muammo va yechimlar. SamDChTI- Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. May 2-3, 2024. - B. 72-74.

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilida holat kategoriyasining ifodalanishi hamda holatni ifodalovchi fe’llarning til sathida lisoniy metodlar asosida tahlili yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: holat kategoriyasi, gap qurilmasi, stativ elementlar, sintaktik tahlil, lisoniy metod, so’z turkumi.
doi: https://doi.org/10.2024/6zw08e84

2026-07-08 09:57:30 | ko'rishlar soni: 82 | Yuklab olindi: 52-marta

Najiyeva S.N. Talabalar ijodkorlikni shakllantirishning ta’limdagi ahamiyati // Til va adabiyot.–Toshkent, 2023. – №7. –B. 56-57 (13.00.00; №7). 

Annotasiya. Ushbu maqolada pedagogik mahorat ta'lim-tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko'nikma va malakalari tizimi hisoblanib, asosan yosh avlodni maqsadga muvofiq yo'naltirish, ularning ma'naviy e'tiqodini, dunyo qarashini, qobiliyatini, ijodkorligini har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirish haqida gap boradi.

Kalit so'zlar. Pedagog, ijod, shaxs, oqituvchi, mahorat bilimi, ko'nikma, malaka,  bilimi tajriba, qobiliyat.

Abstract. In this article, pedagogy is considered as a system of professional skills and qualifications for optimizing education, and it is mainly about directing the young generation according to the purpose, developing and improving their spiritual beliefs, worldview, abilities, and creativity in every way,

Keywords: Pedagogue, creativity, personality, teacher, skill, knowledge, skill, competence, knowledge, experience, ability.

2026-07-07 16:13:59 | ko'rishlar soni: 86 | Yuklab olindi: 49-marta

Normatov X.I. Harakatli o‘yinlar orqali o‘quvchilarda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish // "Ta'lim sifatini taminlashning ilg'or usullari: Muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Samarqand, 2024, B.253-256.

Annotatsiya: Mazkur maqolada harakatli o‘yinlarning o‘quvchilarda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning o‘zaro muloqotga kirishishi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik qilishi hamda mas’uliyatni his etishi kabi ijtimoiy fazilatlarning shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, jamoaviy o‘yinlarni tashkil etishning metodik jihatlari va ularni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari harakatli o‘yinlardan maqsadli va tizimli foydalanish o‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: harakatli o‘yinlar, jamoaviy hamkorlik, jismoniy tarbiya, o‘quvchilar, pedagogik metodika, ijtimoiy ko‘nikmalar, hamkorlik, ta’lim jarayoni.
doi: https://doi.org/10.2024/6zw08e84

2026-07-07 15:28:47 | ko'rishlar soni: 75 | Yuklab olindi: 46-marta

To’qboyeva M.B. Ingliz va o'zbek tillarida stativlik kategoriyasining tadqiqi // "International Conference exploring global perspectives in language teaching and learning" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Samarqand, 2024. –B. 247-248.

Annotatsiya. Mazkur maqolada qardosh bo’lmagan tillar tizimida holat kategoriyasining ifodalanishi hamda holatni ifodalovchi birliklarning sintaktik o’rni, til sathlarida lisoniy metodlar asosida tahlili yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar. holat kategoriyasi, gap qurilmasi, stativ elementlar, sintaktik tahlil, lisoniy metod.

doi: https://doi.org/10.2024/ckgchm63

2026-07-07 15:20:47 | ko'rishlar soni: 51 | Yuklab olindi: 31-marta

To’qboyeva M.B. Stativlikni ifodalovchi ravishlar C/ Chet tillarni o’qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an’analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili. SamDChTI- Respublika Ilmiy-amaliy konferensiya. Iyun 7, 2022.-B. 167-169.

Annotatsiya. Mazkur maqolada jahon tilshunosligida xususan, qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillaridagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblangan stativlik kategoriyasi hamda uning har ikkala til grammatikasida qo‘llanililishi tadqiq etilgan. Shuningdek, stativlikni ifodalovchi ravishlar va ularning tahlili yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: stativlik kategoriyasi, stativ ravishlar, holat kategoriyasi, grammatik shakl, sintaksemalar, fe’l.

2026-07-07 15:15:04 | ko'rishlar soni: 54 | Yuklab olindi: 31-marta

Mardanova G.F. The nature of “Paremia”: a linguistic and pragmatic approach // “ Prospects and opportunities for inclusive teaching in higher education: challenges and solutions”, international scientific and practical conference.  2025-yil 2-3-may. B.- 179-180.

Abstract: This paper aims to look at the linguistic, pragmatic, and cultural aspects of paremias in English and Uzbek languages. As permanent phrases, paremias represent society's ideals and integrate cultural knowledge that reflects their use. This study employs a comparative analysis to probe the structural elements, contextual application, and cultural relevance of the subject matter. The paper clarifies the manner in which paremias function as pragmatic tools in communication and the part they help to create intercultural understanding (1, page 45).

Keywords: paremias, linguistics, pragmatics, culture, English, Uzbek.

2026-07-07 12:22:47 | ko'rishlar soni: 72 | Yuklab olindi: 41-marta

Mardanova G.F. Linguocultural aspects of paremiological units // International Conference Advanced methods of ensuring quality of education: Problems and opportunities, 2-3 May, 2024y. 99-102 b.

Abstract:
The aricle investigates linguistic and cultural aspects of paremiological units. Also, structural and semantic features of proverbs are studied from a scientific point of view.
Key words: proverb, paremiological units, folklore, lexical units, linguistic and cultural value
doi: https://doi.org/10.2024/71f76x08

2026-07-07 12:15:35 | ko'rishlar soni: 60 | Yuklab olindi: 38-marta

Sodiqov L.M. Nemis va o‘zbek maqollarining struktur talqini // Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand, 2025. – 59-61 b.

Annotatsiya. Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi maqollar struktur jihatdan tahlil qilinadi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biri bo‘lib, ularning grammatik va sintaktik qurilishi milliy tafakkur hamda madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Nemis va o‘zbek maqollari struktur jihatdan o‘xshashlik va farqlarga ega bo‘lib, ular ko‘pincha qisqa, ritmik va parallel tuzilmalar orqali shakllanadi. Tadqiqotda maqollarning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinib, ikki tildagi o‘xshashliklar hamda milliy xususiyatlarni namoyon etuvchi farqlar yoritiladi.
  Kalit so‘zlar: maqol, nemis tili, o‘zbek tili, struktur tahlil, sintaksis, xalq og‘zaki ijodi.

2026-07-06 14:15:07 | ko'rishlar soni: 85 | Yuklab olindi: 48-marta

Nasirova M.F. Koroneologizmlarning shakllanish omillari // Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat: Xalqaro ilmiy konferensiya. – Samarqand: SamDCHTI, 2023. – B. 125-127.

Lingvistik innovatsiyalar, ya’ni neologizmlar yoki yangi lingvistik materialning shakllanishi odatda yangi voqelik uchun yangi soʻzlarni yaratishga qaratilgan. Shubhasiz, butun dunyoga xavf solgan kasallikning keng tarqalishi va buning natijasida odamlarning ilgari hech qachon boshdan kechirmagan darajada erkinligini cheklaydigan ijtimoiy uzoqlashish yangi voqelikni yaratdi va barcha tillarda yangi soʻz va iboralarning paydo boʻlishi uchun sabab boʻldi.

2026-07-02 14:18:25 | ko'rishlar soni: 39 | Yuklab olindi: 12-marta

Nasirova M.F. Ingliz tilidagi koroneologizmlar va ularning guruhlari xususida // Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat: Xalqaro ilmiy konferensiya. – Samarqand: SamDCHTI, 2023. – B. 123-125.

Maqolada COVID-19 pandemiyasi davrida paydo bo‘lgan neologizmlar va ularning turlari haqida ma`lumot berilgan. Pandemiya davrida sotsiolingvistika sohasining asosiy jihatlaridan biri sanalgan neologizmlarga oid sezilarli o‘zgarish yuzaga keldi va buning natijasida yangi ilmiy “Koroneologizm” atamasi tilshunoslik atamalari qatoriga kiritildi.

Kalit so‘zlar: Neologizm, sotsiolingvistika, koroneologizm, COVID-19, pandemiya, leksikografiya, etimologiya.

2026-07-02 14:13:19 | ko'rishlar soni: 58 | Yuklab olindi: 28-marta