Badiiy nashrlar

 

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma munaqqid Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan

2020-09-25 11:48:10 | ko'rishlar soni: 761 | Yuklab olindi: 299-marta

Unda Muhammad Yusuf hayoti va ijodining talabalar uchun qiziq va kerakli bo'lgan bir qator jihatlari qamrab olingan. Uslubiy qo'llanmaning tarkibiy qismlarida shoir ijodida yetakchi bo'lgan tematika va problematika poetik bitiklarning atroflicha tahliliga tayangan holda ko'rsatib berilgan. Muhammad Yusuf she'riyatiga xos xususiyatlarga, shoir lirikasining bugungi yoshlar ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatiga urg'u berilgan.

2020-09-25 11:44:30 | ko'rishlar soni: 1207 | Yuklab olindi: 287-marta

Dasturda Muqimiy hayoti va ijodi, asarlari manbasiga doir barcha ma'lumotlar qamrab olindi. Dastur tarkibida Muqimiy hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar nazariy va birlamchi manbalar asosida yoritildi. Muqimiy adabiy-estetik tafakkuri, badiiy mahorati va ilgari surgan g'oyalarini talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsad qilindi.

2020-09-21 14:02:14 | ko'rishlar soni: 1020 | Yuklab olindi: 306-marta

Dasturda shoir, yozuvchi Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi, adibning hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berildi. Shuningdek, Maqsud Shayxzoda ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida adabiyotshunoslikning asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi.

2020-09-21 13:58:42 | ko'rishlar soni: 925 | Yuklab olindi: 271-marta

Unda Behbudiy hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Dastur qismlarida Behbudiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar birlamchi manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Behbudiy ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida jadidchilik harakatining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.

2020-09-21 13:49:46 | ko'rishlar soni: 1020 | Yuklab olindi: 329-marta

Dasturda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Adib asarlari da ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida badiiy asarlari - she'r, drama, hikoya va romanlarining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, ularning bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohang jihatlari dasturga singdirildi.

2020-09-21 13:46:34 | ko'rishlar soni: 1013 | Yuklab olindi: 367-marta

Dasturda Ibrohim Yusupovning hayotiy faoliyatiga oid ma'lumotlar, ijodining asosiy yo'nalishlari bo'yicha manbalar kiritilgan. Ibrohim Yusupov ijodining juda ko'p qismini she'rlar tashkil qiladi. Shoir she'riyatining mavzusi va janrlari rang-barang xarakterga egaligi: vatan, xalqlar do'stligi, muhabbat mavzusidagi she'rlari yuqori badiiy did bilan bitilganligi, shuningdek, muallifning liro-epik va nasriy asarlari, dramalari. adabiyotshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlari qoraqalpoq adabiyotida alohida o'rin egallashi uslubiy qo'llanmada to'laligicha aks ettirildi.

2020-09-21 12:08:51 | ko'rishlar soni: 1583 | Yuklab olindi: 330-marta

Unda Zulfiya hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Talabalar Zulfiya hayoti va ijodi, shoira ijodining o'ziga xos qirralari, uning adabiy-estetik qarashlari, she'riyati, dostonlari, publitsistikasi, ocherk, adabiy suhbat, maqolalari va xotiralari bilan tanishib boradi. Shuningdek, shoiraning tarjima sohasida amalga oshirgan ishlari xususida ham ma'lumotlar berilgan.

2020-09-21 12:01:51 | ko'rishlar soni: 928 | Yuklab olindi: 281-marta

Unda G'afur G'ulom hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. G'afur G'ulom hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan, shuningdek, G'afur G'ulom ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib etkazish maqsadida XX asr o'zbek adabiyotining o'ziga xos muhim jihatlariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi.

2020-09-21 11:58:11 | ko'rishlar soni: 724 | Yuklab olindi: 248-marta

Dasturda Bobur hayoti va ijodining barcha jabhalarini qamrab olishga harakat qilindi. Qo'llanmada taqdim etilgan Bobur hayoti va faoliyati, ijodiy merosiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Boburning hayot yo'li, asarlarida ilgari surilgan g'oyalarni talaba-yoshlarga tushunarli qilib yetkazish maqsadida shoir asarlarining ma'rifiy qimmati, tarbiyaviy ahamiyati hamda estetik vazifalariga alohida e'tibor berildi.

2020-09-21 11:53:44 | ko'rishlar soni: 1092 | Yuklab olindi: 345-marta