Muallif: Ulug`ov A.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi G'afur G'ulomning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Unda G'afur G'ulom hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. G'afur G'ulom hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan, shuningdek, G'afur G'ulom ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib etkazish maqsadida XX asr o'zbek adabiyotining o'ziga xos muhim jihatlariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma G'afur G'ulom hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.