Muallif: Adizova I.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Dasturda Bobur hayoti va ijodining barcha jabhalarini qamrab olishga harakat qilindi. Qo'llanmada taqdim etilgan Bobur hayoti va faoliyati, ijodiy merosiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Boburning hayot yo'li, asarlarida ilgari surilgan g'oyalarni talaba-yoshlarga tushunarli qilib yetkazish maqsadida shoir asarlarining ma'rifiy qimmati, tarbiyaviy ahamiyati hamda estetik vazifalariga alohida e'tibor berildi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-21 11:53:44 | ko'rishlar soni: 1294 | Yuklab olindi: 401-marta