Muallif: Abdirashidov Z.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma buyuk ma'rifatparvar adib Mahmudxo'ja Behbudiyning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Unda Behbudiy hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Dastur qismlarida Behbudiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar birlamchi manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Behbudiy ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida jadidchilik harakatining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.