Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma O'zbekiston xalq shoiri Aleksandr Arkadevich Faynberg ijodini oliy ta'lim muassasalanda o'rganish uchun ishlab chiqildi. Unda shoir she'riy merosining barcha jihatlari qamrab olingan.
Shoir ijodida olg'a surilgan g'oyalami o'quvchilarga tushunarli qilib yetkazish maqsadida ijodkor hayoti va ijodiga murojaat qilingan, har bir mavzu oxirida shoir ijodidan namunalar keltirilgan bo'lib, ularni tanlashda talabalarning bilim darajasi va layoqati hisobga olingan.
Ushbu dastur va uslubiy qo'llanma O'zbekiston Xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Unda Abdulla Oripov hayoti va ijodi to'liq qamrab olingan. Shoir tarjimai holi va asarlariga doir ma'lumotlar yoritildi. Uslubiy qo'llanmada shoir g'oyalarining mamlakatimizda jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yutug'ini ta'minlash hamda yosh avlod adabiy-estetik tafakkuri va ma'rifiy saviyasini o'stirishdagi ahamiyatiga alohida diqqat qaratildi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oliy ta'limning nofilologik yo'nalishlarida o'rganish uchun ishlab chiqildi. Unda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga doir muhim ma'lumotlar, ijodkorning ilmiy-ijodiy merosi qamrab olingan, buyuk mutafakkir asarlariga doir yangicha talqinlar berilgan.
Ushbu o'quv dasturi va uslubiy qo'llanma Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo'yicha nofilologik ta'lim yo'nalishlarida dars mashg'ulotlari olib boruvchi professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
Ushbu dastur va uslubiy qo'llanma O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi To'lepbergen Qayipbergenovning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqilgan. Dasturda T.Qayipbergenov hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida T.Qayipbergenov hayoti va faoliyatiga doir ma'lumatlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek. yozuvchining ilk hikoyalaridan tortib qissa, roman, roman-dilogiya, roman-trilogiya, esse, drama yaratishdagi mahorati, poetik olami tadqiq qilingan. Uslubiy qo'llanma nofilologik guruhlarda ta'lim olayotgan talabalarning o'quv dasturlariga mos ravishda ixcham va sodda shaklda tayyorlangan.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy hayot yo'li, ijodi va qizg'in ijtimoiy faoliyatini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish maqsadida tayyorlangan.
Unda Abdulla Avloniy faoliyatining barcha jihatlari qamrab olingan. Adibning tarjimai holi, ijodiy merosiga doir birlamchi manbalardan foydalanilgan. Uning she'rlari, publitsistik maqolalari, ma'rifiy-badiiy asarlari, shuningdek, ularda ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik g'oyalarni talaba yoshlarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish uslubiy qo'llanmaning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste'dodli yozuvchi, tarjimon, dramaturg, adabiyotshunos va tanqidchi Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Unda Abdulla Qahhor hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Abdulla Qahhor hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritildi, shuningdek, istiqlol ne'matlaridan bahra olib, voyaga yetgan bugungi yoshlarimiz adibimizning qanday sharoitlarda ijod qilgani, mafkura tazyiqlaridan qo'rqmay, milliy qadriyatlarimiz, an'analarimizni asarlari qatiga singdirib, bizgacha yetkazib berganligini his qilishlariga harakat qilindi.
Eshqobil Vali. Shohona bog`. Yevropa nasriy adabiyoti antologiyasi
Mazkur kitobda yaratilish o‘rniga ko‘ra ilg‘or Yevropa madaniy-adabiy xaritasining turli meridianlarida ma’lum va mashhur bo‘lgan adiblar asarlari tarjimalari jamlangan. Ularni vatanparvarlik, urush va tinchlik, muhabbat va xiyonat, inson yolg‘izligi, tabiat, ijod ruhiyati kabi umumbashariy mavzu va g‘oyalardan tashqari, tarjimon shaxsi va mahorati ham birlashtiradi.
Asarlar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Pirimqul Qodirov was born on October 25 in 1928 in Kengul village in Tajikistan. His first book was "Students" and it was published when he was a student. After the university he was busy with improving his knowledge on literature.
His first novel is "Three horses" which is about new generation of young educated people who want to improve the light activity in life. Besides, he wrote novels "Black eyes", "Diamond belt", stories "My treasure", "Freedom", "Heritage".
Shoh Ne’matullohi Vali XIV-XV asrlarda yashab faoliyat ko‘rsatgan tasavvufning yirik arbobi va shoiri bo‘lib, uning faoliyati shahrimiz Samarqand bilan ham bog‘liq. U haqda yurtimizda hozirga qadar biror ilmiy tadqiqot e’lon qilinmagan bo‘lib, qo‘lingizdagi kitob ilk monografik tadqiqotdir. Shoh Ne’matullohi Vali to‘g‘risida tarixiy manbalar juda kam saqlangan. Ul zotning avlodlari hozirga qadar yurtimizda, asosan Samarqand zaminida yashab kelmoqdalar hamda ulug‘ ajdodlaridan qolgan merosiy manba hisoblanmish tarixiy hujjatlarni asrab kelmoqdalar. Ushbu risola avlodlarda, davlat arxivlarida va shaxsiy kutubxonalarda mavjud manbalardan foydalangan holda yozilib, Shoh Ne’matullohi Valining hayoti, ijodi bilan shug‘ullanuvchi tarixchi talaba va tadqiqotchilarga professor-o‘qituvchilarga hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
ITD-1-144 “O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari” ilmiy -tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to‘plamida mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalari va ularning tarjimalari o‘rin olgan. Tarjimalarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Arab filologiyasi kafedrasi ustozlari hamda mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistr, talabalar, ilmiy-tadiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug‘ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. To‘plamdan arab tili darslarida xrestomatiya sifatida foydalanish mumkin. Shu bilan birga o‘zbek adabiyoti bilan qiziqqan arab tilida so‘zlashuvchi do‘stlarimiz ham endilikda mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalarini o‘z ona tillarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.