Muallif: Orazimbetov Q.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma taniqli qoraqalpoq shoiri, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibrohim Yusupovning hayoti va ijodiy faoliyatini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Dasturda Ibrohim Yusupovning hayotiy faoliyatiga oid ma'lumotlar, ijodining asosiy yo'nalishlari bo'yicha manbalar kiritilgan. Ibrohim Yusupov ijodining juda ko'p qismini she'rlar tashkil qiladi. Shoir she'riyatining mavzusi va janrlari rang-barang xarakterga egaligi: vatan, xalqlar do'stligi, muhabbat mavzusidagi she'rlari yuqori badiiy did bilan bitilganligi, shuningdek, muallifning liro-epik va nasriy asarlari, dramalari. adabiyotshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlari qoraqalpoq adabiyotida alohida o'rin egallashi uslubiy qo'llanmada to'laligicha aks ettirildi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Ibrohim Yusupovning hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.