Muallif: Normamatov S.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma birinchi xalq shoirasi Zulfiyaning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Unda Zulfiya hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Talabalar Zulfiya hayoti va ijodi, shoira ijodining o'ziga xos qirralari, uning adabiy-estetik qarashlari, she'riyati, dostonlari, publitsistikasi, ocherk, adabiy suhbat, maqolalari va xotiralari bilan tanishib boradi. Shuningdek, shoiraning tarjima sohasida amalga oshirgan ishlari xususida ham ma'lumotlar berilgan.

Dastur va uslubiy qo'llanma Zulfiya hayoti va ijodini o'rganish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-21 12:01:51 | ko'rishlar soni: 1148 | Yuklab olindi: 347-marta