Muallif: Handamova M.A., Indiaminova Sh.A., Suyunov Sh.B.

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Mamlakatimiz tarixida yangi davr - mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo'lida dastlabki sinovlardan o'tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.

   Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog'liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g'oyani, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog'lom fikrni uyg'otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g'oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma'naviyatli komil inson bo'lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo'lida "O‘zbekiston tarixi" fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi xam ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.

2016-08-05 16:58:12 | ko'rishlar soni: 34147 | Yuklab olindi: 31605-marta