Muallif: Erkinov S.E.
Chop etilgan yil: 2019
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Boshlang‘ich sinflarda chet til o‘qitish metodikasi fani o‘qitish jarayonida talimning an’anaviy va interfaol o‘qitish usullardan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlar og‘zaki va yozma shaklda tashkil etilishi ko‘zda tutiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, xususan ko‘rgazmali slaydlarni kompyuter orqali namoyish etish, elektron materiallarni proektor orqali tasvirga chiqarish vositalaridan foydalaniladi. Fanning amaliy mashg‘ulotlarida talimning innovatsion, interfaol metodlari, jumladan ekspress-so‘rovlar, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, kichik guruhlarda ishlash, menyu, debat kabi metodlarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Boshlang‘ich sinflard chet til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi.
1. Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar:
-Boshlangich sinflarda chet til o‘qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar, vositalar, metodlar, tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini bilish;
-til o‘rganuvchilarga til materialini (talaffuz, leksika, grammatika) metodikasini tushuntirish;
- chet tilida nutq faoliyati turlarini tinglab tushunish, gapirish,o‘qish va yozuv malakalarini o‘rgatishni bilish;
-chet tili o‘qitish jarayonini tashkil qilish, rejalashtirish, dars rejasi tuzish va reyting tizimini bilish.