Muallif: Akramova T.K.

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Til aspektlari amaliyoti fani talabalarning til modellari va strukturalari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi va ularga muloqot jarayonida grammatik va leksik formalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. Shuningdek, o‘rganilayotgan chet tilidagi matnlarni tahlil qilish yo‘llari va usullarini, matnlarni tahlil qilish borasidagi turli nuqtai nazarlarni va matn tahlilida e’tiborga olinishi lozim jihatlarni batafsil o‘rgatishni nazarda tutadi. Ushbu fan “Kommunikativ grammatika”, “Kommunikativ leksika” va “Diskurs tahlili” modullarini o‘z ichiga oladi.

Til aspektlari amaliyoti fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-4 semestrlar davomida o‘qitilishi maqsadga muvofiq. O‘quv rejaning xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, til ko‘nikmalari integratsiyasi, metodika, mamlakatshunoslikka oid kurslari va o‘rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari - umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, nazariy fonetika, qiyosiy tipologiya, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan modullari bo‘yicha o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.

2020-02-10 18:22:46 | ko'rishlar soni: 5016 | Yuklab olindi: 1417-marta