Muallif: Shodiyev R.T., Ashurova X.S.

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

  Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kursida mustaqil taraqqiyot yillarida to‘plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi tomonidan «o‘zbek modeli» deb atalgan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos taraqqiyot yo‘lining mazmun-mohiyati yanada chuqurroq ochib berilgan. Mazkur fan, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini kengroq anglash imkonini beradi. Fan milliy mafkuraning mohiyati, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asosiy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini aks ettiradi.

Mazkur kurcni o‘qitishning asosiy maqsadi chet tillari-bakalavrlarni milliy mafkuraga oid bilimlar bilan qurollantirish, hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni hosil qilishdir. Shuningdek, ularni jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni tahlil qilishga va bu sohadagi muammolarni ilmiy hal etishga tayyorlashdan iboratdir.

G‘oya, mafkura va Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarning mazmun-mohiyatiga aloqador bo‘lgan nazariyalar, yo‘nalishlarni bilishi va undan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i zarur.

2018-11-13 10:42:32 | ko'rishlar soni: 6637 | Yuklab olindi: 4003-marta