Muallif: Vohidov A.

Chop etilgan yil: 2010

Nashriyot: ToshDSHI

Chop etilgan shahar: Toshkent

Qo'llanmada mintaqada ro'y bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar ilmiy va qiyosiy tahlil asosida xronologik izchil bayon qilingan. Shu jihatdan ham "Tarix" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Tarixni bilish esa mamlakatimizning ushbu mintaqa xalqlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish va samarasini ta'minlashga xizmat qiladi. Ayni shu ma'noda Markaziy Osiyo - Oltoy mintaqasi, Sharqiy Turkiston, Mo'g'u-liston, Dashti Qipchoq, Janubiy Osiyo va O'rta Osiyo mintaqalarida joylashgan o'nlab davlatlar, xalqlar, elatlar tarixini biladigan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash o'ta dolzarbdir.
Shunday qilib, mazkur o'quv qo'llanma Markaziy Osiyo xalqlari tarixining eng qadimgi davrlaridan to ilk o'rta asrlarigacha bo'lgan voqea-larni qamrab olgan bo'lib, "Markaziy Osiyo xalqlari tarixi" yo'nalishida ta'lim olayotgan ikkinchi bosqich talabalari uchun moijallangan. Qo'l-lanmaga kiritilgan ma'lumotlar, voqealar taxlili, tarixiy jarayonlarni xronologik, izchil bayon qilinishi talabalarga, shuningdek, tariximiz bilan qiziquvchilarga ham foyda keltiradi degan umiddamiz.

2022-10-29 13:34:51 | ko'rishlar soni: 1714 | Yuklab olindi: 1023-marta