O'quv qo'llanmalar

 

Kitobda islom dinining tinchlikparvarlik, bagrikenglik mohiyati, diniy mutaassiblik, ekstremizm hamda terrorizmning salbiy jihatlari keng qamrovli ma’lumotlar va dalillar asosida yoritilgan. Shuningdek, sof islomiy tushunchalarning sog`lom va ma’rifiy mazmunlari hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik harakatlar tomonidan islom asoslarining g`arazli maqsadlarda buzib talqin qilinishi muqaddas dinimiz mohiyatiga butkul zid ekani Qur’oni karim oyatlari, hadislar, mashhur ulamolarning fikrlariga tayangan holda ochib berilgan.

2018-11-05 15:33:09 | ko'rishlar soni: 3246 | Yuklab olindi: 932-marta

Ushbu kitobda XIV-XV yuzyilliklarda bitilgan turkiy yorliqlar diplomatikasi, ularning matn komponentlari va tuzilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.

Kitob tarixchilar, filologlar va ayni yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallangan.

Monografiya F-1-136 “Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari)” mavzuidagi ilmiy tadqiqot granti doirasida yozildi.

2018-08-09 15:48:22 | ko'rishlar soni: 1385 | Yuklab olindi: 526-marta

Ushbu kitobda o`quvchi Buyuk Britaniya va AQSHning tarixi, madaniyati, geografik tuzilishi, davlat tizimi, ta`lim tizimi va boshqa ma`lumotlarga ega bo`ladi. Qo`llanmada berilgan mashqlarni bajarish orqali o`z bilimlarini sinab ko`rishlari mumkin.

В настоящем учебном пособии читатель может ознакомиться с историей, культурой, географическим расположением, государственным строем, системой образования Великобритании и США. Выполнения упражнений, можно проверить свои знания по темам, представленных в данной книге.

A reader of the book is acquainted with the History, Geography, Culture, State System, Educational System and other information about Great Britain and USA. In order to check up knowledge about the texts a reader may do exercises given in this book.

2018-07-02 14:52:06 | ko'rishlar soni: 1902 | Yuklab olindi: 648-marta

Qo‘llanmada bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan va musulmon jamiyatlarini ham chetlab o‘tmayotgan diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi mutanosiblik, imon va kufr tushunchalarining talqini, islom va san’at, «ommaviy madaniyat», tariqatchilik borasidagi mulohazalar, ijtimoiy odoblar va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, shuningdek, islomda iqtisodiy jarayonlar kabi masalalarga Qur’oni karim, hadisi shariflar va islom olamida e’tirof etilgan zabardast olimlarning ijtihod va fatvolariga tayanilgan holda to‘xtalib o‘tilgan.

Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» turkumida tayyorlangan mazkur qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-05-30 11:12:14 | ko'rishlar soni: 2757 | Yuklab olindi: 889-marta

Ushbu qo’llanmada Yaqin, O’rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadimgi va o’rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog’-park san’ati keng bayon etilgan, O’rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog’-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog’-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog’» uslubidagi O’rta Sharq mamlakatlari va O’rta Osiyo bog’lariga keng tavsif berilgan.

Qo’llanmada asosiy e’tibor temuriylar davri bog’-park san’atining muhim yodgorliklari tahliliga qaratilgan bo’lib, uning mintaqaviy bog’-park san’ati «maktablariga» ta’siri, bu sohadagi turg’un qadriyatlar va barqaror yo’nalishlar aniqlanib, maktablarning o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlari ochib berilgan.

Mualliflar o’z fikrlari orqali mo’jizakor bog’-park san’atining badiiy ifodalanish jarayoni va tadrijiy rivojlanishi haqidagi taassurotlarini keng yoritib berishga harakat qilganlar. Ular mazkur masalalarni to’liq izohlashga emas, balki arxitektura dunyosining murakkab ochiq yashil muhitlari, landshaft arxitekturasining bog’-park san’ati obyektlarini hayotiy jonli misollar va rangli rasmlarda yoritib berganlar.

Qo'llanma «Arxitektura», «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish» va «Landshaftlar arxitekturasi» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil oluvchi bakalavr va magistrantlar, yosh olimlar, loyihachi arxitektorlar hamda bog’-park san’ati tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

2018-05-01 15:15:04 | ko'rishlar soni: 3502 | Yuklab olindi: 1388-marta

Данное учебное пособие рассчитано на студентов русской фило­логии, обучающихся по направлению: 5120100 - Филология и обучение языкам (русский язык).

Воспитание интеллектуально развитого молодого поколения, подготовка квалифицированных кадров с высокой духовностью являются одним из приоритетных направлений проводимой нашим государством образовательной политики. Для реализации задач эффективной интеграции науки и образования, определенных в Национальной программе по подготовке кадров, существует нас­тоятельная потребность в учебной литературе нового поколения.

«Филологический анализ художественного текста» является одной из дисциплин специального цикла, которые обеспечивают профессиональную подготовку высококвалифицированных филоло­гов-русистов на уровне развитых демократических государств.

2018-05-01 14:44:18 | ko'rishlar soni: 1274 | Yuklab olindi: 483-marta

Данный монографический очерк рассматривает генезис и развитие жанра газели в литературе Индии, в частности в литературе урду, на примере наиболее значимых представи­телей этого популярного на Востоке жанра поэзии. В круг главных задач включен обзор истории появления жанра газе­ли в литературе Индии, влияния суфизма, рассмотрение от­личительных свойств газели. Развитие жанра газели на про­тяжении длительного времени даёт возможность проследить процесс ломки старых традиций и зарождение новых. Работа не претендует на полное, всестороннее исследование данного вопроса, но может служить необходимым подспорьем для ма­гистрантов, аспирантов, студентов и интересна читателям.

2018-03-02 13:49:37 | ko'rishlar soni: 1454 | Yuklab olindi: 565-marta

“Panjob adabiyoti” o’quv qo’llanmasi Shimoliy Hindiston adabiyotlaridan biri - panjob adabiyotining qadimgi davrlardan hozirgi zamongacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi va asosan, magistratura yo’nalishida o’rganiladi.

U O’zbekiston bilan adabiy aloqalar rivojida muhim o’rin tutgan bo’lib, 1958 yildan boshlab rivojlanib kelmoqda hamda panjob adabiyoti va madaniyatining milliy o’ziga xosligini tushunib olishga yordam beruvchi birinchi qadam hisoblanadi.

Ushbu o’quv qo’llanma Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-l-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlandi.

2018-02-23 15:49:50 | ko'rishlar soni: 1407 | Yuklab olindi: 633-marta

 Ushbu monografik tadqiqot Toshkent davlat sharqshunoslik insti-tuti Xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti kafedrasida  F-1-139 “Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlari tipologiyasi” ilmiy-tadqiqot loyihasi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlandi. Unda X-XV asrlar fors mumtoz she’riyati badiiyatshunosligining dolzarb masalalari qisqacha tahlil etilib, zamonaviy badiiyatshunoslik ilmi nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilindi. Olingan mavzu ko‘lami nihoyatda keng bo‘lganligidan mumtoz she’riyat badiiyatshunosligining barcha muammolarini bir tekis va batafsil yoritish maqsad qilib qo‘yilmadi, balki bugungi kunda eng muhim hisoblangan muammolarga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga mavzularni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasining “adabiyotshunoslik”  mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus kurslar mundarijasi bilan bog‘liq ravishda yoritish ham ko‘zda tutildi. Tadqiqot ushbu yo‘nalishda birinchi tajriba bo‘lganligidan unda turli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi tabiiy. Shu sababli uning mazmunini yanada boyitish va mukammallashtirish niyatida bildirilgan barcha tanqidiy mulohazalarni muallif mamnuniyat bilan qabul qiladi.

2018-01-31 13:04:24 | ko'rishlar soni: 1973 | Yuklab olindi: 651-marta

     Ushbu qo‘llanma Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi hamda Xitoyshunoslik fakultetlari “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” guruhining II bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan «Tarjima nazariyasi» fani o‘quv dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, tarjimashunoslik fani haqida umumiy tasavvur hosil qilishi, uning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida muxtasar ma‘lumot berishi, eng muhim qoida va talablari bilan tanishtirishi jihatidan undan filologiya sohasidagi barcha mutaxassislar, magistr va talabalar ham foydalanishlari mumkin.

2018-01-19 17:53:54 | ko'rishlar soni: 2981 | Yuklab olindi: 1004-marta