O'quv qo'llanmalar

 

   Ushbu qo’llanmada inglizcha ilmiy-texnik va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni gapning grammatik tahlili asosida tarjima qilish qonun-qoidalari bayon qilingan. Ulardan ingliz tili darslarida gapning grammatik tahlili va tarjimaning grammatik tamoyillari ҳaqida to’liq ma’lumot olish mumkin.

   Qo’llanma tarjimonlarga, ingliz tili o’qituvchilariga, ingliz tilini o’rganayotgan bakalavriat, magistrant, doktorantlarga, inglizcha matnlar tarjimasi bilan shug’ullanuvchilarga, tarjima ilmi va amaliyoti masalalari bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.

2017-06-08 11:25:53 | ko'rishlar soni: 2163 | Yuklab olindi: 795-marta

   Oliy va o 'rta maxsus ta 'lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi xulosasi hamda Oliy va o 'rta maxsus ta 'limi vazirligi qoshidagi "Gumanitar fanlar ta lim yo 'nalishi" bo 'yicha o 'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

2017-05-19 09:09:17 | ko'rishlar soni: 7670 | Yuklab olindi: 3999-marta

   Alisher Navoiy asarlari bo’yicha konkordans tuzish qo’llanmasi "F-1-135 Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi" fundamental ilmiy loyiha doirasida tuzildi. Bu loyiha bo’yicha, birinchi navbatda, Alisher Navoiy "Xamsa"sining beshta dostoni bo’yicha konkordans tuzish nazarda tutilgan edi. Shu maqsadda, avval, konkordans tuzish bo’yicha dunyo tajribasi o’rganilib, Navoiy asarlari o’z mohiyati bilan noyob asarlar bo’lganligi uchun ularning o’ziga xosliklarini nazarga olgan holda alohida qo’llanma yaratildi. Bu qo’llanma kelgusida o’zbek adabiyotining boshqa asarlari bo’yicha tuziladigan konkordans va izohli lug’atlar uchun yo’llanma vazifasini bajarishi mumkin.

2017-03-16 13:09:49 | ko'rishlar soni: 1884 | Yuklab olindi: 705-marta

   Ushbu qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" bakalavriat yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun "Amaliy tarjima" fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda badiiy tarjima bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Qo'llanma badiiy tarjimaning eng muhim muammolari, asosiy prinsiplari, talab-qoidalari, usullari haqida muxtasar ma'lumot berishga yo'naltirilganligi uchun undan magistratura mutaxassisligida o'qitiladigan tarjimashunoslik va tar­jima mahorati bilan bog'liq fanlarni o'qitishda ham foydalanish mumkin. Qo'llanma ToshDSHIda bajarilayotgan ITD-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yaratildi.

2017-03-06 15:21:01 | ko'rishlar soni: 6934 | Yuklab olindi: 3463-marta

   Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriatning  matematika yo'nalishi  uchun mo'ljallangan bo'lib, amaldagi yangi bakalavriat dasturi asosida yozilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda matematika bo'limlarining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari  yoritilgan,  ikkinchi  qismda islom mamlakatlari olimlarining matematika rivojiga qo'shgan hissalari yoritilgan.

   O'quv qo'llanma respublikamizda matematika tarixi bo'yicha ilk qo'llanma bo'lib, undan talabalar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari va matematika tarixi bilan qiziquvchilar foydalanishlari rnumkin.

2017-02-16 12:57:41 | ko'rishlar soni: 2723 | Yuklab olindi: 938-marta

   Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O'quv qo’llanma. Toshkent.: «Barkamol fayz mediya», 2016. 192 b.

   Universitetlaming filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek filologiyasi) bakalavriat ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun mo’ljallangan mazkur o'quv qo'llanmada tilshunoslik fani, uning yo'nalish va bo'limlari, til va jamiyat til va tafakkur, til va nutq munosabati, til birliklari va nutq birliklari, tilning tizim sifatidagi ichki tuzilishi, tillar tasnifi kabi masalalar yoritilgan.

2017-01-04 13:16:54 | ko'rishlar soni: 10146 | Yuklab olindi: 5535-marta

    Sayfullayev B.S.,  Rustamov V.K. Madaniy tadbirlarni tash­kil etish mahorati. T.: «Fan va texnologiya», 2016. 180 b.

   Tavsiya etilayotgan ushbu qo’llanmada madaniy tadbirlarni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, uning nazariy va amaliy jihatlari. sahnalashtirish san'ati, tadbirlar turlari va spetsifik xususiyatlari, tadbirlarni tashkil etishning usul va vositalari madaniy tadbirlar dramaturgiyasi (ssenariynavislik mahorati), badiiy jamoalar bilan ishlash, bir so'z bilan aytganda madaniy tadbirlarni tashkil etishning ijodiy va tashkiliy jarayonlari keng yoritilgan.

2017-01-04 12:42:43 | ko'rishlar soni: 4640 | Yuklab olindi: 1572-marta

Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma umum t’alim maktablarining 1-sinf o’quvchilari  ingliz tili fanidan qo’shimcha manba bo’lib, zamonaviy ped texnologiyalarni qo’llashni  samaradorligini oshirishga qaratilgandir.

2015-03-04 11:25:17 | ko'rishlar soni: 3470 | Yuklab olindi: 2078-marta

O'quv qo'llanmada "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanini texnika mutacassislaridan farqli holda gumanitar-ijtimoiy sohalarda o'z yechimini kutayotgan mehnat muhofazasiga doir asosiy masalalar yoritilgan. Unda mehnatni muhofaza qilish, mehnat qonunchiligi, yoshlar, ayollar mehnati, jarohatlanish, baxtsiz hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo'llari, kishi organizmiga yorug'lik, issiqlik energiyasi, elektr toki, shovqin va tebranishlarning ta'siri o'rganiladi.

2015-02-19 18:54:42 | ko'rishlar soni: 9294 | Yuklab olindi: 7675-marta

Im Lehrbehelf werden folgende grammatische Fragen: syntaktische Grundstrukturen des Satzes, Auffassungen über die Valenz, semantische Problemen der Syntax, semantisch-logische Ebene des Valenzausdrucks, Valenz-Begriff, Wortarten, Semantik und Valenz, sprachliche Realisierung der Valenz und Satzmodelle.

2015-02-16 15:50:12 | ko'rishlar soni: 1988 | Yuklab olindi: 769-marta