Muallif: Sodiqov L.M.
Chop etilgan yil: 2025
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Sodiqov L.M. Nemis va o‘zbek maqollarining struktur talqini // Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand, 2025. – 59-61 b.
Annotatsiya. Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi maqollar struktur jihatdan tahlil qilinadi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biri bo‘lib, ularning grammatik va sintaktik qurilishi milliy tafakkur hamda madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Nemis va o‘zbek maqollari struktur jihatdan o‘xshashlik va farqlarga ega bo‘lib, ular ko‘pincha qisqa, ritmik va parallel tuzilmalar orqali shakllanadi. Tadqiqotda maqollarning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinib, ikki tildagi o‘xshashliklar hamda milliy xususiyatlarni namoyon etuvchi farqlar yoritiladi.
Kalit so‘zlar: maqol, nemis tili, o‘zbek tili, struktur tahlil, sintaksis, xalq og‘zaki ijodi.