Muallif: Nasirova M.F.
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Nasirova M.F. Koroneologizmlarning shakllanish omillari // Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat: Xalqaro ilmiy konferensiya. – Samarqand: SamDCHTI, 2023. – B. 125-127.
Lingvistik innovatsiyalar, ya’ni neologizmlar yoki yangi lingvistik materialning shakllanishi odatda yangi voqelik uchun yangi soʻzlarni yaratishga qaratilgan. Shubhasiz, butun dunyoga xavf solgan kasallikning keng tarqalishi va buning natijasida odamlarning ilgari hech qachon boshdan kechirmagan darajada erkinligini cheklaydigan ijtimoiy uzoqlashish yangi voqelikni yaratdi va barcha tillarda yangi soʻz va iboralarning paydo boʻlishi uchun sabab boʻldi.
Tadqiqotlarga koʻra, pandemiya davrida 1000 dan ortiq yangi soʻzlar – texnik va texnik boʻlmagan atamalar yaratilgan. 2020 yilda Oksford universiteti tomonidan inglizcha lug‘ati ikki marotaba yangilandi va kiritilgan yangi soʻzlar asosan koronavirus bilan bog‘liq edi. Ushbu yangi nashrlarga pandemiya sabab boʻlgan yangi soʻzlar, shuningdek, pandemiya davrida keng tarqalgan tibbiy atamalarning eng asosiylari kiritilgan.