Darsliklar

 

Mazkur darslik bakalavriatura va magistratura talabalariga hozirgi zamon ingliz tili morfologiyasi va sintaksisining eng muhim masalalarini etakchi tamoyillar va metodlarni qo‘llash yo‘li bilan tahlil qilishga, o‘rgatishga bag`ishlangan. Alohida e’tibor grammatik hodisalarni eng so‘nggi metodlaridan foydalanilgan holda tasvirlash masalasiga qaratilgan. Darslik OTMlar ingliz filologiyasi yo‘nalishi, bakalavriatura, magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.

The present textbook is aimed at analyzing the English morphology and syntax using the leading principles and methods of present day linguistics. A special attention is paid to the systemic description of grammatical structures and phenomena applying the latest methods of investigation. The course book is recommended for the Bachelor`s and Master`s Degree students of the Universities which train English language teachers.

2020-01-28 17:29:04 | ko'rishlar soni: 2112 | Yuklab olindi: 924-marta

O‘zbekiston xalqi:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,

o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,

xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,

insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,

o‘zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

 
2019-08-01 12:01:20 | ko'rishlar soni: 1742 | Yuklab olindi: 831-marta

Ushbu darslik 5120100 -Filologiya va tillarni o'qitish (xitoy tili), 5120700 - Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi), 5231000 - Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi) yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga mazkur kitob xitoy tilini mahsus kurslarda va mustaqil ravishda o'rganuvchilar uchun ham qimmatli manba bo`lishi mumkin.

Har bir darsda mavzular bo'yicha suhbat, yangi so'zlar, grammatik izohlar, so'z va so'z iboralarini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha mashqlar berilgan.

2019-06-14 14:40:36 | ko'rishlar soni: 2578 | Yuklab olindi: 1158-marta

Adabiyotshunoslikka doir mavjud darslik, qo'llanma, lug'atlarga tayanib tayyorlangan mazkur darslikda so'z san'atining o'ziga xos xususiyatlari, badiiy asar va uning tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlar, badiiy asar tili, ijodiy uslublar va ijodkor uslubi, adabiy jarayon to'g'risida mulohaza yuritilgan.
  Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari bakalavriat va magistrarura bosqichi talabalariga mo'ljallangan.

2019-03-12 10:55:14 | ko'rishlar soni: 14993 | Yuklab olindi: 9138-marta

Ushbu darslik urdu tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Darslikda kirish, asosiy qism, glossariy va lug'at o'rin olgan. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Grammatik mavzu mashqlar yordamida mustahkamlanadi.

Darslikning fonetika bobi katta o'qituvchi M.Murtazaxodjayeva, morfologiya va sintaksis bobi o'qituvchi U.Zokirova (13-15-darslar), o'qituvchi M.Shorahmedova (16-23-darslar), dots. M.Abduraxmonova (24-32-darslar) tomonidan tayyorlandi.

2019-02-05 11:35:00 | ko'rishlar soni: 4638 | Yuklab olindi: 2040-marta

Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining 5111700-Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun yaratilgan bo'lib, unda mazkur fanning o'quv va ishchi fan dasturidagi ma'ruza va amaliy mashg'ulot mavzular mazmuni ta'lim texnologiyasi asosida tayyorlangan.

Darslikda har bir nazariy, amaliy mashg'ulotlarning mavzusi, unga tayyorlanish jarayonidatalaba bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlar, metodik ko'rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Ushbu darslik 3ta bobdan iborat bo'lib, I-bobda mehnat ta'limining maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari nazariy bilimlar asosida ochib berilgan. II-bobda mehnat ta'limining dars turlari, o'qitish usullari unga qo'yiladigan talablar yoritilgan. III-bobda, hamda boshlang'ich sinflarda o'tiladigan dars ishlanmalari va ko'rgazmalardan foydalanish usullari ko'rsatilgan.

2018-06-07 09:57:44 | ko'rishlar soni: 17491 | Yuklab olindi: 9935-marta

   Darslik birja va yarmarka faoliyatini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, ularning tarixi, taraqqiyoti, istiqboli masalalariga bag‘ishlanadi.

    Darslikni yaratishda keyingi yillarda mamiakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy sohalardagi o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.11.2007-yildagi  PF-3937-sonli “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2011-yil, 7-fevraldagi PQ-1475-sonli “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorining talablari inobatga olingan.

2018-01-19 17:26:18 | ko'rishlar soni: 1849 | Yuklab olindi: 734-marta

   Ushbu darslik 5120100 - Filologiya va tillami o'qitish (xitoy tili), 5120700-Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi), 5231000 - Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi) yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga mazkur kitob xitoy tilini mahsus kurslarda va mustaqil ravishda o'rganuvchilar uchun ham qimmatli manba bo'lishi mumkin.

   Har bir darsda mavzular bo'yicha suhbat, yangi so'zlar, grammatik izohlar, so'z va so'z iboralarini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha mashqlar berilgan.

   Darslik Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O'quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya etilgan.

2017-10-18 10:17:17 | ko'rishlar soni: 3647 | Yuklab olindi: 1266-marta

  Darslik xitoy tili filologiyasi fanidan O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan davlat standartlariga muvofiq ilmiy-texnika dasturlar doirasida YoF-8-08- "Xitoy tili" loyihasi bo'yicha yaratilgan.

  Har bir dars nazariy va amaliy qismlarga bo'lingan. Darslarni nazariy qismida xi­toy tili grammatikasining morfologiya va sintaksisiga tegishli ma'lumotlar berilgan. Darslarni amaliy qismida esa har bir mavzuni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar to'plami keltirilgan.

  "Xitoy tili grammatikasi" Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Xitoyshunoslik" fakulteti o'quv-uslubiy kengashining 2017 yil 20-apreldagi 9-sonli qarori bilan xitoy filologiyasi mutaxassisligi sohasida bakalavriatura va magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan.

2017-10-18 10:08:42 | ko'rishlar soni: 8061 | Yuklab olindi: 4931-marta

   Учебник адресован будущим учителям-словесникам, гото­вящимся к работе в средней общеобразовательной школе, а также в средних специальных учебных заведениях. Материалы книги позволяют организовать самостоятельную работу студентов по основным темам вузовского курса современных технологий препо­давания русского языка и литературы, раскрывают специфику их будущей работы.

   Учебник может быть использован учителями средних обще­образовательных школ, преподавателями академических лицеев и профессиональных колледжей в подготовке и проведении уроков различных типов, а также преподавателями вузов при разработке занятий с использованием современных педагогических технологий.

2017-02-16 13:09:57 | ko'rishlar soni: 2906 | Yuklab olindi: 1178-marta