Muallif: Sotiboldiyeva S.R.

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: Voris

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur monografik tadqiqotda zamonaviy fors romanchiligining manbalari, takomil bosqichlari, bugungi kundagi holati haqida ilmiy-nazariy izlanishlar aks etgan. Shuningdek, badiiy adabiyot rivojidagi turli bosqichlarning o‘ziga xos xususiyatlari va adabiy jarayonlarni yoritish asnosida bugungi kunda Eron adabiyotining peshqadam janri bo‘lgan romanchilik tarixi va yozuvchilar ijodi adabiy-badiiy tahlil etilgan.

Monografiya eron filologiyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga va fors nasriga qiziquvchi barcha o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

Ushbu monografiya Toshkent davlat sharqshunoslik instituti davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 "Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi" nomli ilmiy tadqiqot loyihasi asosida nashrga tayyorlandi.

2018-11-05 13:09:59 | ko'rishlar soni: 1996 | Yuklab olindi: 1030-marta