Muallif: Sanaqulov X.

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: Tafakkur bo`stoni

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining 5111700-Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun yaratilgan bo'lib, unda mazkur fanning o'quv va ishchi fan dasturidagi ma'ruza va amaliy mashg'ulot mavzular mazmuni ta'lim texnologiyasi asosida tayyorlangan.

Darslikda har bir nazariy, amaliy mashg'ulotlarning mavzusi, unga tayyorlanish jarayonidatalaba bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlar, metodik ko'rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Ushbu darslik 3ta bobdan iborat bo'lib, I-bobda mehnat ta'limining maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari nazariy bilimlar asosida ochib berilgan. II-bobda mehnat ta'limining dars turlari, o'qitish usullari unga qo'yiladigan talablar yoritilgan. III-bobda, hamda boshlang'ich sinflarda o'tiladigan dars ishlanmalari va ko'rgazmalardan foydalanish usullari ko'rsatilgan.

Darslik talabalarning mashg'ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari uchun ularning mustaqil ishlari uchun mo'ljallangan.

2018-06-07 09:57:44 | ko'rishlar soni: 15409 | Yuklab olindi: 8649-marta