Muallif: Abduraxmonova M. va boshqalar

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot: Fan va texnologiya

Chop etilgan shahar: Toshkent

Ushbu darslik urdu tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Darslikda kirish, asosiy qism, glossariy va lug'at o'rin olgan. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Grammatik mavzu mashqlar yordamida mustahkamlanadi.

Darslikning fonetika bobi katta o'qituvchi M.Murtazaxodjayeva, morfologiya va sintaksis bobi o'qituvchi U.Zokirova (13-15-darslar), o'qituvchi M.Shorahmedova (16-23-darslar), dots. M.Abduraxmonova (24-32-darslar) tomonidan tayyorlandi.

Urdu – hind-yevropa  tillari oilasining hind-oriy tillari guruhiga mansub til bo'lib, Pokistonning  rasmiy va Hindistonning Konstitutsiyada tan olingan o'n beshta asosiy adabiy tillardan biri. Pokistonda, asosan, yirik shaharlar sanalmish Karachi, Ravalpindi, Laho`r, Islomobod va boshqa shaharlarda, Hindistonda esa Uttar Pradesh, Bihar, Maharashtr, Andhra   Pradesh   kabi    shtatlaridagi musulmon aholi urdu tilida gaplashadi.

2019-02-05 11:35:00 | ko'rishlar soni: 3361 | Yuklab olindi: 1499-marta