Muallif: Ahmedov H.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi Said Ahmadning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Dastur va uslubiy qo'llanmada Said Ahmad hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida Said Ahmad hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, yozuvchi ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida adib tarjimai holi va asarlarining asosiy nuqtalariga murojaat qilindi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.
Dastur va uslubiy qo'llanma Said Ahmad hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.