Muallif: Matyoqubova T.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar:

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Unda Ogahiy hayoti va ijodining barcha qirralari qamrab olindi. Uslubiy qo'llanma qismlarida keltirilayotgan Ogahiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Ogahiy ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Ogahiy hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-25 11:51:37 | ko'rishlar soni: 1300 | Yuklab olindi: 447-marta