Muallif: Ergasheva Sh.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma serqirra ijodkor Saida Zunnunovaning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Unda Saida Zunnunova hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uslubiy qo'llanmaning qismlarida shoira hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar mavjud manbalar asosida yoritib berildi. Shoira asarlarida ilgari surilgan g'oyalar o'z davri adabiy va ijtimoiy muhiti, ijodkor shaxsiyati bilan o'zaro muqoyasada yoritildi. Shuningdek, Saida Zunnunova hayoti va ijodining bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o'rni masalalarga ham alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-25 12:08:44 | ko'rishlar soni: 1482 | Yuklab olindi: 508-marta