Badiiy nashrlar

 

Turkman tilidan MUHAMMAD PIRRIEV tarjimasi

Qo‘lingizdagi ushbu kitob turkman xalqining ulug‘ shoiri, turkman adabiy tili asoschisi, barcha xalqlar tomonidan she’rlari, dostonlari sevib o‘qiladigan, hofizlar baland pardalarda kuylaydigan, mashshoqlar inja kuylar bastalaydigan otashnafas shoir Maxtumquli-Firog‘iy asarlaridan tanlab tabdil etilgan. Bu noyob, xalqchil asarlar turkmanchadan o‘zbekchaga o‘girilish jarayonida iloji boricha asliyatga yaqin ruhda tarjima qilingan.

Maxtumquli ijodining aziz muxlislari, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Pirrievning jiddiy sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirilgan bu tabdil Sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

2019-08-01 14:59:22 | ko'rishlar soni: 44 | Yuklab olindi: 15-marta

Hamma davrlarda ham oilada qizlar tarbiyasiga juda kata ahamiyat berib kelingani sababli, sharq kitobatida mavzusi qizlar tarbiyasiga bag`ishlangan asarlar juda ko`p.

E`tiboringizga havola etilayotgan  “Qizlar kitobi” ham qizlar tarbiyasida, ularni oilaviy hayotga tayorlashda, insoniy nozik munosabatlarni o`rganishda sharqona odobga oid bitilgan shunday kitoblar shodasidagi bir inju bo`lib qoladi, degan umiddamiz

2019-04-24 18:34:49 | ko'rishlar soni: 169 | Yuklab olindi: 43-marta

Pirimqul Qodirov was born on October 25 in 1928 in Kengul village in Tajikistan. His first book was "Students" and it was published when he was a student. After the university he was busy with improving his knowledge on literature.

His first novel is "Three horses" which is about new generation of young educated people who want to improve the light activity in life. Besides, he wrote novels "Black eyes", "Diamond belt", stories "My treasure", "Freedom", "Heritage".

2019-03-05 13:22:54 | ko'rishlar soni: 295 | Yuklab olindi: 84-marta

Stendal. Qizil va qora. Roman. Ruschadan Hasan To'rabekov tarjimasi.

Stendal' (asl ismi Anri Mari Beyl') jahon adabiyotida o'chmas iz qoldirgan adib.

Mashhur fransuz yozuvchisi Stendalning "Qizil va qora" romani haqli ravishda dunyo adabiyoti durdonalari qatoridan o`rin olgan. Roman qahramoni bo`lmish Jyul'en bilan de Renal' xonim o'rtasidagi muhabbat shu qadar tabiiy hamda tiniq tasvirlanadiki, kitobxon beixtiyor ravishda ularning musaffo tuyg'ulariga maftun bo'lib qoladi.

Romanda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va razillik o'rtasidagi kurash zo'r kuch bilan tasvirlab berilgan. Asarning "Qizil va qora" deb nomlanishining boisi ham ana shunda.

2019-01-25 11:57:13 | ko'rishlar soni: 600 | Yuklab olindi: 184-marta

Ushbu tarjima "Ushturnoma"ning filologiya fanlari doktori Mahdiy Muhaqqiq tomonidan tayyorlanib,  2001 yilda chop etilgan Tehron nashri asosida amalga oshirildi.

Qo`lingizdagi yangi kitob, shayx Fariduddin Attor qalamiga mansub mashhur "Ushturnoma", ya`ni "Tuya qissasi".  Ilgari allomaning "Mantiqut tayr", "Ilohiynoma", "Asrornoma", "Pandnoma" va "Bulbulnoma" asarlarini o`qigansiz. Navbat - "Ushturnoma"ga.

2018-11-21 14:14:26 | ko'rishlar soni: 290 | Yuklab olindi: 81-marta

Хамдам Улугбек     Забытая мелодия ная /   Улугбек   Хамдам — Ташкент.: Издательство «Мухаррир», 2013, 280 с. ISBN 978-9943-25-291-2 

  Данный сборник состоит из двух частей, первая представлена повестью «Одиночество», которая стала заметным явлением в узбекской прозе периода Независимости, и рассказами талантливого писателя Улугбека Хамдама. Вторая часть знакомит с научно-критическими статьями и исследованиями последнего десятилетия, где анализируются произведения писателя, переведенные на русский язык (в том числе и роман «Бунт и смирение»). Мы надеемся, что сборник поможет читателю увидеть кардинальные перемены, происшедшие в современной узбекской прозе.

2018-10-15 15:26:23 | ko'rishlar soni: 317 | Yuklab olindi: 104-marta

Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh.Vohidov

Ulug’ adibimiz Abdurauf Fitratning badiiy va ilmiy asarlari bilan birga axloqiy masalalarga doir bir qator risolalari bor. Ularda komil inson shaxsini shakllantirish bilan bog'liq muammolar va ularning yechimi aks etgan. Jamiyatning asosi bo'lgan oila, uning inson hayotidagi o'rni, oila boshlig'i va a'zolarining vazifalari hamda oilaviy tarbiya muammolari o'z aksini topgan mazkur risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

2018-09-14 10:28:30 | ko'rishlar soni: 602 | Yuklab olindi: 243-marta

Taniqli adib, xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenjaning ushbu kitobiga uning yangi yozilgan qissa va hikoyalari, shuningdek, quvnoq hangomalarga boy sayohatnomasi kiritildi. Asarlar qahramonlar muhabbati, taqdiri, ichki kechinmalarining qiziqish va hayajon uyg‘otishi, tilining ravon, shiradorligi bilan kitobxonlarimizga ma’qul bo‘ladi, degan umiddamiz.

2018-04-14 09:48:53 | ko'rishlar soni: 403 | Yuklab olindi: 121-marta

Shoh Ne’matullohi Vali XIV-XV asrlarda yashab faoliyat ko‘rsatgan tasavvufning yirik arbobi va shoiri bo‘lib, uning faoliyati shahrimiz Samarqand bilan ham bog‘liq. U haqda yurtimizda hozirga qadar biror ilmiy tadqiqot e’lon qilinmagan bo‘lib, qo‘lingizdagi kitob ilk monografik tadqiqotdir. Shoh Ne’matullohi Vali to‘g‘risida tarixiy  manbalar juda kam saqlangan. Ul zotning avlodlari hozirga  qadar yurtimizda, asosan Samarqand zaminida yashab kelmoqdalar hamda ulug‘ ajdodlaridan qolgan merosiy manba hisoblanmish tarixiy hujjatlarni asrab kelmoqdalar. Ushbu risola avlodlarda, davlat arxivlarida va shaxsiy kutubxonalarda mavjud manbalardan foydalangan holda yozilib, Shoh Ne’matullohi Valining hayoti, ijodi bilan shug‘ullanuvchi tarixchi talaba va tadqiqotchilarga professor-o‘qituvchilarga hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-03-14 16:12:41 | ko'rishlar soni: 356 | Yuklab olindi: 81-marta

 ITD-1-144 “O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari” ilmiy -tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to‘plamida mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalari va ularning tarjimalari o‘rin olgan. Tarjimalarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Arab filologiyasi kafedrasi ustozlari hamda mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistr, talabalar, ilmiy-tadiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug‘ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. To‘plamdan arab tili darslarida xrestomatiya sifatida foydalanish mumkin. Shu bilan birga o‘zbek adabiyoti bilan qiziqqan arab tilida so‘zlashuvchi do‘stlarimiz ham endilikda mashhur o‘zbek adiblarining hikoyalarini o‘z ona tillarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2018-01-31 14:00:38 | ko'rishlar soni: 428 | Yuklab olindi: 102-marta