Dasturda shoir hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Erkin Vohidov hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Erkin Vohidov ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida o'zbek adabiyotshunosligida shoir ijodi tadqiq qilingan asosiy nuqtalarga murojaat qilindi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlar singdirildi.
Dasturda Cho'lpon hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Cho'lpon hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Cho'lpon ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida jadidchilik harakatining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.
Dasturda Hamid Olimjon hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Talabalar Hamid Olimjon hayoti va ijodi, shoir ijodining o'ziga xos qirralari, uning adabiy-estetik qarashlari, she'riyati, dostonlari, publitsistikasi, maqolalari, ocherklari, hikoyalari, ertaklari bilan tanishib boradi. Shuningdek, shoirning tarjima sohasida amalga oshirgan ishlari xususida ham maTumotlar berilgan.
Dasturda Furqat hayoti va adabiy merosi to'liq qamrab olingan. Furqat biografiyasi va asarlariga doir ma'lumotlar birlamchi manbalar asosida yoritilgan. Uslubiy qo'llanmada shoir g'oyalarining mamlakatimizda jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yutug'ini ta'minlash hamda yosh avlod adabiy-estetik tafakkuri va ma'rifry saviyasini o'stirishdagi ahamiyatiga alohida diqqat qaratildi.
Unda Saida Zunnunova hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uslubiy qo'llanmaning qismlarida shoira hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar mavjud manbalar asosida yoritib berildi. Shoira asarlarida ilgari surilgan g'oyalar o'z davri adabiy va ijtimoiy muhiti, ijodkor shaxsiyati bilan o'zaro muqoyasada yoritildi. Shuningdek, Saida Zunnunova hayoti va ijodining bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o'rni masalalarga ham alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi Said Ahmadning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Dastur va uslubiy qo'llanma Said Ahmad hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
Dastur va qo'llanmada Oybek hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Oybek hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Oybek asarlarining g'oyaviy - badiiy jihatlarini talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish, Oybek ijodining eng muhim qirralarini yoritish maqsad qilindi.
Unda Ogahiy hayoti va ijodining barcha qirralari qamrab olindi. Uslubiy qo'llanma qismlarida keltirilayotgan Ogahiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Ogahiy ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma munaqqid Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan
Unda Muhammad Yusuf hayoti va ijodining talabalar uchun qiziq va kerakli bo'lgan bir qator jihatlari qamrab olingan. Uslubiy qo'llanmaning tarkibiy qismlarida shoir ijodida yetakchi bo'lgan tematika va problematika poetik bitiklarning atroflicha tahliliga tayangan holda ko'rsatib berilgan. Muhammad Yusuf she'riyatiga xos xususiyatlarga, shoir lirikasining bugungi yoshlar ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatiga urg'u berilgan.