Muallif: Aripov M.M., Lutfillayev M.X.

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: Universitet

Chop etilgan shahar: Toshkent

“Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv fani bo'yicha ta'lim texnologiyasi ma'ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg'ulotlari asosida ishlab chiqilgan.

 Mazkur qo’llanma kirish, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari,  ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarda o'qitish texnologiyalaridan tarkib topgan.

Ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari bo'limida “Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv kursini o'qitishning dolzarbligiga asoslangan, mazkur kursning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo'yicha o'qitishning mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga, o'qitish, kommunikatsiya, axborot va ta'lim jarayonini boshqarish usullari va vositalarining konseptual asoslari yoritilgan.

So'ngra kurs bo'yicha o'qitish texnologiyalari loyihalashtirilgan:

1)   ma'ruzalarning kirish ma'ruza, mavzu asosida ma'ruza, muammoli ma'ruza, vizuallashtirilgan ma'ruza va yakunlovchi ma'ruza kabi turlarini qo`llash;

2)   amaliy mashg'ulotlarni olib borishda topshiriqlarning individul tarzda yoki guruhda bajarilishi, vaziyatli ishlanma - keys-stadilar usuli, nazariy bilimlar asosida bilimlar va ko'nikmalarni chuqurlashtirishga yo'naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarish;

3)   laboratoriya mashg'ulotlarini olib borishda topshiriqlarni individual tarzda, vaziyatli ishlanma - keys-stadilar usuli, nazariy bilimlar asosida bilimlar va ko'nikmalarni chuqurlashtirishga yo'naltirilgan amaliy topshiriqlarning baja­rilishi va laboratoriya ishi hisobotlarini tayyorlash.

Kursning strukturasi mundarija bilan birgalikda sxema ko'rinishida ham berilganligi kitob yo'nalishini yanada osonlashtiradi.

Mazkur ta'lim texnologiyasi barcha oliy o'quv yurtlarida, malaka oshirish kurslarida, o'qitish texnologiyasida ko'zda tutilgan sharoitlar va vaqt mavjud bo'lganda “Informalika va axborot texnologiyalari” kursi o'qituvchilari tomonidan qo'llanilishi mumkin.

2019-12-23 12:55:19 | ko'rishlar soni: 2814 | Yuklab olindi: 1557-marta