Muallif: Suvonova N.N.

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu uslubiy tavsiyanoma xorijiy til o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda asosan xorijiy tillarni o‘rganishni CEFR talablari asosida baholash mezonlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitishga ixtisoslashgan amaliy va nazariy fanlar bo‘yicha reyting tizimiga moslashgan nazorat shakllarining namunalari tavsiya etiladi.

Mazkur tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish choro-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-1875-son qarori (2012 yil 11 dekabr), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Asosiy o‘rganilayotgan til" fani bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari (2013 yil 28.08, 2012 yil 14.03), "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi NIZOM" (2009 y. 11.06), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21 fevraldagi 34-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar, kurs loyihalari (ishlari) bo‘yicha namunaviy nizom"  hamda "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘grisida YO‘RIQNOMA"ga (SamDCHTI 2014 y. 5.07) asosan ishlab chiqilgan.

2020-12-09 17:25:56 | ko'rishlar soni: 1107 | Yuklab olindi: 396-marta