Muallif: Najiyeva S.N.

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Najiyeva S.N. Ijodkorlikni rivojlantirishning ta’limdagi o‘rni va ahamiyati // “Bag‘rikenglik haftalgi doirasida” Samarqand davrat arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, O‘zbekiiston ekologik partiyasi hamkorligida yosh olimlar va iqtidorli talabalarning “Ma’rifat yulduzlari”nomli forumiga bag‘ishlangan Respublika konferensiyasi. Samarqand - 2023. B. 77-80.

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijod talabalarda mavjud qobilyat, iste'dod va ijodkorliklarni faollashtirish, takomillashtirish, amaliyotga tatbiq etish, ularning ijod va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga ko'maklashish haqida gap boradi.
Kalit so'zlar: Pedagog, ijod, shaxs, о 'qituvchi, mahorat, ko'nikma, malaka, bilim, tajriba, tasavvur, intelektual, inson, talaba, salohiyat, individual, qobiliyat.
Kredit-modul tizimida talabalar o'zidagi ijodiy faoliyatini oshirishi va namoyon qilishi uchun nimalar qilish kerak? Bu savol murakkab va bir vaqtning o'zida o'rinli hamdir. Inson xotirasining charxlanishi ko'p o'qib-izlanish natijasi sifafida ifodalanadi. O'qib-izlanish keng tafakkurni namoyon etishi bilan izohlanadi. Buning aksi bo'lsa, kishilar xotirasi mehnat qilishga loyqatsizligini namoyon qiladi. Buning oldini olish uchun talaba o'z ustida ishlashi o'qib o'rganishi darkor. Talaba ijod qilishni o'z oldiga maqsad qilgan bo'lsa, u o'z ustida ko'p ishlab harakat qilishi, doim maqsadi sari olg'a intilishi kerak. Ana shunda yangi g'oyalar, kashfiyotlar dunyoga keladi. Ijodkorlikni uyg'otadigan turtkilardan biri bu talabchanlikdir.

 

2026-06-29 15:42:12 | ko'rishlar soni: 58 | Yuklab olindi: 40-marta