Muallif: Najiyeva S.N.
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Najiyeva S.N. Innovatsion ta’lim jarayonida talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish. Samarqand davlat chet tillar instituti, Germaniyaning “Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish ilmiy-amaliy konfrensiya” va Qulay publication nashriyot uyi hamkorligida yosh olimlar va iqtidorli talabalarning “ILM FAN YETAKCHISI” nomli forumga bag‘ishlangan Respublika konfernsiyasi.- Samarqand -2024 B-26-28.
Annotatsiya. Ushbu maqolda ta'limga yangicha yondashuv, innovatsion ta'lim texnologiyalari ko'proq ta'lim oluvchilar faolligiga asoslanishi, ularda mustaqil o'rganish ehtiyoji va ko'nikmalarini shakllantirish haqida gap boradi.
Kalit so'zlar: Pedagog, ijod, erkin, o'qituvchi, mahorat, ko'nikma, malaka, bilim, fikr, tasavvur, intelektual, inson, talaba, salohiyat, individual, qobiliyat.
Yangi O'zbekistonimiz kelajagi, ravnaqi yoshlarimizning yuqori ma'naviyatli, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va mustaqil o'rganish ko'nikmalariga ega shaxs sifatida shakllanib borishiga bog'liq. Bugungi kunda yoshlarimizda ijodiy, erkin fikrlash qobiliyatini, mustaqil o'rganish ehtiyojini va ko'nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biridir. O'zbekistonlik yoshlar bilan muloqot tajribasiga ega xorijliklar bilan suhbatlashganda, bizning yoshlar haqida ularning fikr va mulohazalarini bilishga harakat qildik. Xorijliklar bizning yoshlarning intiluvchanligi, mehnatkashligi, ko'p sohalarda keng bilimga ega ekanliklarini alohida ta'kidlab, ularda ijodiy, erkin fikrlash, bilimlarni amaliyotda qo'llay olish, mustaqil o'rganish ehtiyojlarini va ko'nikmalarini shakllantirishga ko'proq e'tiborni qaratsa, yanada yaxshi bo'lishini e'tirof etishadi.