Muallif: Mavlonova B.S.
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mavlonova B.S. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining faolligi va ularda yetakchilik (liderlik) ko‘nikmalarini paydo bo‘lishining tarixiy-zamonaviy shakllanishi. “Ta’lim sifatini ta’minlashning ilg‘or usullari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand, 2024-yil, 2-3-may.
Annotatsiya: Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalari talabalarining faolligi va ularda yetakchilik (liderlik) ko‘nikmalarini paydo bo‘lishining tarixiy va zamonaviy shakllanishi xususidagi qarashlarni tahlil qilib, undagi keltirilgan faktlarni asoslaydi.
Kalit so‘zlar: pedagogika, talaba, liderlik, yetakchilik, rahbar.
doi: https://doi.org/10.2024/6zw08e84
Mamlakatimiz so‘nggi yillarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ma’naviy barkamol o‘sishi borasidagi ishlarni tizimli tashkil etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-sonli Farmoniga asosan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ishlab chiqilib, ushbu taraqqiyot strategiyasida yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bunga yaqqol misol.