Muallif: Bektemirov Z.N.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Bektemirov Z.N. Hozirgi zamon tilshunosligida ilovali elementlar muammosi // “Sharq tafakkuri va inson muammosi: ma’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari”: Respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil, 25-iyun. – B.    187-191.

Hozirgi zamon tilshunosligida til birliklarini faqat grammatik strukturasi doirasida emas, balki ularning muloqotdagi funksional va pragmatik yuklamasi nuqtayi nazaridan ham chuqur o‘rganish zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, kommunikativ vaziyatlarda gapiruvchining shaxsiy munosabati, axborotga bo‘lgan ishonchi, ehtiyotkorligi yoki hissiyotlarini ifodalovchi lingvistik vositalarni tahlil qilish bugungi kun tilshunoslik tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu nuqtayi nazardan, ilovali elementlar yoki parentetik birliklar tilning ana shunday murakkab, ammo muhim komponentlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ilovali birliklar — bu gapning asosiy sintaktik tuzilmasidan mustaqil, biroq semantik va pragmatik jihatdan unga bog‘liq bo‘lgan, ko‘pincha vergul, tire yoki qavs bilan ajratilgan segmentlar bo‘lib, ular matnga qo‘shimcha ma’lumot, baho, aniqlik, izoh yoki subyektiv nuqtai nazarni kiritish uchun ishlatiladi.

2026-06-20 13:45:22 | ko'rishlar soni: 35 | Yuklab olindi: 17-marta