Muallif: G‘aybullayeva L.S.
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: JTSBMQTMOI
Chop etilgan shahar: Samarqand
G‘aybullayeva L.S. Mahallada siyosiy faol yoshlarni tarbiyalashda ma’naviyat masalalari // Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammo va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, – Samarqand, 2023-yil 23-24-iyun, –B. 328-331
Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruvida yoshlarning faol ishtirok etishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu avvalo, davlatning maqsad va vazifalari amalga oshadigan dastlabki maskan mahalla bilan uzviy ravishda yoshlarga bo‘lgan siyosat orqali amalga oshadi hamda yoshlar faolligini belgilaydigan muhim mezoni va asosi hisoblanadi.
Jamiyatning iqtisodiy ta’minlanganligi bilan yoki tegishli qonunlar qabul qilinishining o‘ziyoq davlatning mahallalarda yoshlar siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish dolzarbligini ko‘rsatib beradi. Bu siyosatning eng muhim vazifalaridan biri mahallalarda yoshlar ongini, ma’naviyatini o‘zgartirish va ularning yangi zamonga mos tafakkurini dunyoga keltirishdan iboratdir. Bunday nihoyatda murakkab va serqirra vazifani amalga oshirishda aynan ma’naviy omillarning o‘rni va ahamiyati ayniqsa, beqiyosdir.