Muallif: G‘aybullayeva L.S.
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi
Chop etilgan shahar: Buxoro
G‘aybullayeva L.S. Globallashuv sharoitida mahalla yoshlarining siyosiy faolligini oshirishda ta‘lim-tarbiya masalalari // Inson-jamiyat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –Buxoro, II-qism. 1 may 2024. – B .228-230.
Mahalla instituti orqali yoshlarning axloqiy va estetik ehtiyojlarini aniqlash, bunga mos ravishda siyosiy ongni rivojlantirish sohasida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlarning o'rni kattadir. Jamiyatning innovasion rivojlanishi, axloqiy-estetik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy munosabatlar va sog'lom turmush tarzining barqarorlashuvi asosida yoshlarimizning siyosiy faolligi rivojlanib bormoqda. Ularning ongli va siyosiy faol qatlam sifatida mahallaning rivojiga, ijtimoiy munosabatlariga, ishlab chiqarish jarayonlariga ta‘sir etishlari bevosita ma‘naviy ongning yuksalishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bugun yurtimizda har bir mahallada amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-ma‘naviy islohotlar yoshlarning voqyelikka munosabatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishini taqozo etmoqda. Yangi O'zbekistonning siyosiy rivojlanish strategiyasi, milliy hamda umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga asoslanganligi, jamiyatdagi siyosiy iste‘mol madaniyatini shakllantirdi. Aynan mahallalardagi yoshlarning siyosiy qiziqishini qamrab oluvchi, siyosiy faollik trayektoriyasining ko'lami yangi texnologiyalar bilan chambarchas bog'langan bo'lib, bu qiziqish ushbu texnologiyalarni shakl va mazmun jihatdan boyishiga, shakllanib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, huquqiy va siyosiy rivojlanishiga xizmat qilishi kerak bo'ladi.