Muallif: G‘aybullayeva L.S.

Chop etilgan yil: 2024

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

G‘aybullayeva L.S. Mahallada yoshlar faolligini rivojlantirishning nazariy masalalari//  Fan taraqqiyotining dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –Samarqand, 2024yil19-oktabr. –B. 344-346.

Mamlakatimiz mahallalarida xalqning boy intellektual-madaniy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida yoshlar faolligini oshirish, ularning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini yuksaltirish borasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Yoshlarga doir faolliklarni hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettirish, nafaqat davom ettirish, balki buni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajagako‘tarishimiz zarur. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning  bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishimiz lozim.

2026-06-20 11:42:04 | ko'rishlar soni: 76 | Yuklab olindi: 52-marta