Muallif: Villi Korsari

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: Akademnashr

Chop etilgan shahar: Toshkent

   Taniqli niderland adibi Villi Korsarining 1963 yili ilk bor nashr etilgan «Mangu iztirob» (asliyatda «Chuqur qayg’u bilan ma’lum qilamizki...») nomli uncha katta bo’lmagan ushbu asari garchi ko’plab tillarda «detektiv roman» seriyasida nashr etib kelinayotgan bo’lsa-da, mazmuniga ko’ra tom ma’nodagi detektiv emas. Aslida, uni «sirli roman» yoki «roman-jumboq» ko’rinishidagi psixologik asarlar turkumiga kiritish maqsadga muvofiqdir.

   Mazmuniga ko’ra ko’proq inson qalbidagi mehr-muhabbat, sog’inch va armon kabi tuyg’ular tadqiqi, oila degan muqaddas qo’rg’ondagi ma’naviy burch, mas’uliyat, ota-onalar “≥amda farzandlar o’rtasidagi chigal munosabatlar tahliliga bag’ishlangan va o’zbek tilida ilk bor e’lon qilinayotgan ushbu roman siz aziz kitobxonlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz.

2017-05-19 09:28:02 | ko'rishlar soni: 685 | Yuklab olindi: 212-marta